2-MAVZU.
PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODLARI. PEDAGOGLIK KASBI VA UNING VAZIFALARI
Reja:
Jamiyat va inson taraqqiyotida pedagogikaning o’rni.
Pedagogika fani, uning maqsad va vazifalari.
Pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari).
Pedagogikaning fanlar bilan aloqasi va pedagogika fanlari tizimi.
Pedagogika faninig ilmiy-tadqiqot metodlari
MAShG`ULOTNING BORIShI
1. a). Talabalar ma’ruza va seminar mashg`ulotlari davomida metod tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinishini, ilmiy tushuncha sifatida "metod" so’zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo’lini tor ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini o’rganib chiqishgan. Endi ular ilmiy-pedagogik tadqiqot metodining mohiyatini ochib berishlari uchun Didaktika(O.Roziqov va bosh)kitobining 26-39, Pedagogika (A.Munavvarov va bosh)o’quv qo’llanmasining 9-15, Pedagogika (X.I.Ibragimov, Sh.A.Abdullayeva) o’quv qo’llanmasinining 65-67, Pedagogika (N.G`aybullayev va boshq.)ma’ruzalar matnining 30-32 betlaridan foydalanishlari mumkin
b) Talabalar pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o’rganilishini aytib, hozirgacha ma’lum bo’lgan ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlarni sanab o’tishlari mumkin:
1.Pedagogik kuzatish uslubi.
2.Suhbat uslubi
3.So’rovnoma, test uslubi
4.Hujjatlarni tahlil qilish uslubi
5.Loyihaviy o’qitishni qullay olish uslubi
6.Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish uslubi
7. Eksperiment, tajriba, sinov uslubi
8.O’quv jarayonini faollashtiruvchi uslublar
9.Bolalar ijodini o’rganish.
10.Matematika va kibernetika.
Do'stlaringiz bilan baham: |