O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Mashg`ulotdan ko’zlangan maqsad
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
Mashg`ulotdan ko’zlangan maqsad:
Ta’limiy maqsad: fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi mohiyatini, huquqiy savodxonlikni pedagogik faoliyatda foydalanish va komil inson tarbiyalash uchun o’rganish Tarbiyaviy maqsad: Vatanga e’tiqod va muhabbat,Vatan tuyg`usini shakllantirish. Mavzuni muhokama etishda faol ishtirok etish, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalash, axloqiy sifatlarni singdirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Vatanparvarlik mohiyatini «Aqliy hujum» usulini qo’llagan holda muhokama qilish; MAShG`ULOTNING BORIShI I. Dastlab talabalar huquq va huquqiy savodxonlik haqida to’xtalib o’tishlari lozim. O’quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan huquqiy fuqarolik davlatni tasavvur etib bo’lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga maktablarda asos solinadi. Har qanday mustaqil davlatda xalqning erkin yashashi, farovon turmush qurishi, xohish irodasining amalga oshirilishi, ezgu maqsad niyatlari huquqiy jihatdan kafolatlanishi lozim. Shu kafolat vatan taraqqiyotini, davlat mustaqilligini, xalqning jipsligini, millatlararo do’stlik va hamjihatlikni, mustaqillikning barqarorligini ta’minlashga shart-sharoit yaratadi. Yuqorida aytilgan kafolat respublikamiz konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan. Bu haqda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov Oliy majlisning Birinchi chaqiriq o’n birinchi sessiyasida so’zlagan nutqida: «Davlatimiz O’zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro kelajagining kafolatini Konstitutsiya beradi. Fuqarolarning haq-huquqlari, burchlari konstitutsiyada belgilangan tegishli qonunlar bilan mustahkamlangan. Maqsadimiz erkin, demokratik huquqiy davlat qurish, adolatli jamiyat barpo etish, har bir insonni kamsitmaslik, e’tiqodini hurmat qilish, erkinligini ta’minlash»,- deb ko’rsatgan edilar. Oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarga erishish uchun bugungi o’zbekistonga erkin va farovon fikrlay oladigan, uning hayotida ishtirok eta biladigan, o’z so’zini aytishga qodir, o’z vazifa va burchlarini to’g`ri anglab yetgan fuqarolar zarur. Bunga qanday erishish mumkin? Demokratik huquqiy davlatning bunyodkorlari huquqiy madaniyati, tarbiyasini to’g`ri yo’lga qo’yish bilan maqsadimizga erisha olamiz. Mamlakatimizning har bir fuqarosi, siz kabi yoshlar qomusimiz va boshqa qonunlarni o’rganib olishlari zarur. Konstitutsiyani bilmagan, puxta o’rganmagan kishi o’z haq-huquqlarini bilmaydi. Huquqini bilmagan odamning hayoti oxir oqibatda fojiali tus olishi mumkin.Buning yaqqol misoli prezidentimizning yuqorida qayd etganimiz nutqida ham ko’rishimiz mumkin: «Madomiki maqsadimiz aniq ekan, inson huquqlari umumxalq muhokamasida qabul qilingan kostitutsiya himoyasida ekan,-deb nutqini davom ettirgan edi yurtboshimiz, -avlodlarimiz, farzandlarimiz kelajagiga xavf soladigan, millat sha’niga dog` tushiradigan xatti-harakatlar qayerda paydo bo’lyapti?» Bu o’rinda Prezidentimiz bunday qaltis xatti-harakatlarga qo’l urgan kimsalarning qonunni bilmasligi, bilsa ham unga mensimasdan qarashi, hurmat qilmasligida ekanini, ularda huquqiy madaniyatning yo’qligi, yetishmasligini aytmoqchi. Shunday ekan, tabiiy ravishda huquqiy madaniyat nima degan savol tug`iladi? Huquqiy madaniyat bu qonunni tushunish, bilish, hayotga tadbiq etish, ijrosini ta’minlash va har bir shaxsni, fuqaroni ijtimoiy hayotda faol ishtiroki va bunday faollikni boshqalarda ham talab qilish jarayonidir. Huquqiy madaniyatni, avvalo, insonning ichki dunyosi, ichki madaniyati, umuminsoniy an’analarga va huquqiy bilimlarga bo’lgan munosabatlari belgilaydi. Shaxsning ichki madaniyati uning tashqi odobini ko’rsatadi. Huquqiy madaniyat egasi bo’lgan kishi jamiyat talablari va qoidalariga hurmat bilan qaraydi, jamiyatni boshqarishda o’zining huquqiy malaka va bilimlarini ishga solib faol qatnashadi. Ko’pincha kishilar huquq, qonun, burch, adliya kabi atamalarni, ba’zan tasodifan qonunbuzarlik qilib qonun oldida javobgarlik holatiga tushib qolganlaridagina eslaydilar. Nega qonunga ro’para bo’lding, deb so’ralganda «Bunday bo’lishidan xabarim yo’q edi»-deb ko’zini miltillatib, advakatdan najot kutib turadilar. Shuni yaxshi anglashimiz kerakki, qonunni bilmaslik hech qachon aybni yengillashtirmaydi. Biz qonunga mensimaslik bilan qarasak, uni o’rganmasak, hurmat qilmasak, shunday noqulay ahvolga tushib qolamiz. Qonunni bilish, hurmat qilish jinoyatdan, jinoiy olamda yiroq yurishning birdan-bir yo’lidir. Manashuning uchun ham huquqiy savodxonlikni yuqori darajaga kutarish tarbiya borasidagi asosiy vazifalardan biridir. Huquqiy madaniyatni, savodxonlikni rivojlantirmay turib, qonunni mensimaydiganbuzg`inchilar, o’g`rilar, tovlamachilar, laganbardorlar, axloq-odobsizliklar, qotilliklar kabi salbiy holatlarning oldini olish, tugatish anchayin mushkul ish. Talabalar fuqaroviy savodxonlikni yanada batafsil yoritish uchun «Milliy istiqlol g`oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar»(Sh.Qurbonov, M.Quronov, R.Axliddinov) uslubiy qo’llanmasining 167-168 betlaridan foydalanishlari lozim. 2. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg`ambar alayhissalom vafotlaridan so’ng islom olamida yangi qonun va qoidalarning paydo bo’lish jarayoni to’xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammolar Qur’oni Karimda va Payg`ambar Alayhssalom sunnatlarida ko’rsatib bergan qonun va qoidalar asosida hal etilib huquqiy tarbiya beriladigan bo’ldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur’oni Karim va sunnati Naboviya asosida shakllanadi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hodisalarni jamlab kelajak avlodning huquqiy ehtiyoji vujudga keladi. Buyuk islom olimi faqih Burhonuddin-al Marg`iloniy Qur’oni Karim va hadis ilmini mukammal egallab fiqh- islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo’lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdona hisoblangan "Al-Hidoya" asarini 573 yil (milodiy 1170yil)da yozgan. "Al-Hidoya" bir necha asrlar davomida ko’p musulmon mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyoda huquqiy tarbiyaga oid eng yirik asosiy manbalardan biri bo’ldi. 3. Talabalar fuqarolik tarbiyasini berishda milliy vatanparvarlik mafkurasi haqida to’xtalishdan oldin Vatan, Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik- so’zlarining ma’nolarini keng yoritib berishlari kerak.Buning uchun ular «Xalq ta’limi» ilmiy jurnalining 2004 yil №1 son 149-152 betlaridan foydalanishlari mumkin. Fuqaroviylik hissini yoshlar ongida shakllantirishni ma’naviy –axloqiy tarbiyaning asosiy mezoni sifatida qarash lozim. Chunki o’tmish madaniy, tarixiy merosga oqilona munosabatda bo’lish o’tmish ajdodlardan faxrlanish xissini tug`diradi. Bu narsa milliy ongning o’sishiga, milliy o’z-o’zini anglashga yo’l ochadi. Milliy ongning rivojlanishi esa vatanparvarlik tuyg`usini shakllantiradi. Vatanparvarlik eng avvalo, kindik qoni to’kilgan joyga, qarindosh-urug` va mahalla-kuyga, el-yurt, ona zaminga bo’lgan hurmat-e’tibor, mehr-muhabbatdan boshlanadi.Hayot tajribasi, aql-idrokning o’sib borishi, kishilar va jamiyat oldidagi ma’suliyat hissini o’sib borishi bilan Vatan tuyg`usi kundalik odatdan iymon-e’tiqodga aylana boshlaydi. Vatanparvarlikning e’tiqodga aylanishi har bir inson qalbida, uning shuurida va faoliyatida o’tmish, hozirgi kun va kelajak uyg`unlashib, uning bundan keyingi hayotiy faoliyatini belgilab beradigan ichki ma’naviyatning ifodasi bo’lib qoladi. Binobarin vatan tuyg`usi alohida individual tushuncha bo’lsa ham, bu alohidalik bolalikdagi xotiralardan boshlanib, keng qamrovli «Vatan»tushunchasiga aylanadi. Mana shu o’rinda «Vatanparvarlik o’zi nima? U qanday maqsadga xizmat qiladi?» degan savollarga javob berish lozim. Milliy vatanparvarlik-bu o’zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon va insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, vijdon va andisha, or-nomus, ona-yurtga, o’z elatiga sadoqat kabi azaliy axloqiy-ma’naviy qadriyatlar haqidagi g`oyalar, qarashlar yig`indisidir. Bugungi kun milliy vatanparvarlik mafkurasining tarkibiy qismlari quyidagilar: -mustaqillik g`oyasi va uni to’la idrok etishi; -o’zbek milliy mafkurasi; -ko’p millatli O’zbekiston xalqining vatanparvarligi. Tavallud topgan yerga hurmat tariqasida ulug` ajdodlarimiz o’z nomlari oxiriga tug`ilib qsgan joyi nomini qo’shib aytganlar. Masalan: Xorazmiy, Buxoriy, Termiziy, Farg`oniy, Marg`uloniy, Farobiy, Yassaviy, Qoshg`ariy, Beruniy va boshqalar. Bu o’z vataniga, kindik qoni to’kilgan yerga bo’lgan sadoqat hurmat belgisi sifatida xizmat qilgan. Yagona pedagogik jarayonda talaba yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg`usini shakllantirishda O’zbekistonning yangi davlat ramzlaridan foydalanish samarali natijalar beradi. 2. So’rovnomaga misol keltiramiz. «Haq-huquqlaringiz poymol etilganda, o’z huquqlaringizni himoya qilish uchun aniq nima ishlar qilardingiz?» savoliga Sudga murojaat etaman; Huquqni himoya qilish organlariga (militsiya, prokurotura) murojaat etaman; Advokat xizmatidan foydalanaman; Mahalla qo’mitasiga murojaat qilaman; Ota-ona va obro’li qarindoshlardan yordam so’rayman; O’zim, mustaqil haq-huquqimni talab qilaman. Hech nima qilmayman. Bunday testlar-so’rovnomalar yoshlarning o’z haq huquqlarini to’liq anglab yetishlariga xizmat qiladi. XULOSA Xullas, yagona pedagogik jarayonda yoshlarga fuqarolik, vatanparvarlik va huquqiy tarbiya berish demokratik jamiyat qurishning ustivor mezonlari sifatida xizmat qiladi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling