O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


- MAVZU: O’QUVCHILARNI IQTISODIY VA EKOLOGIK TARBIYALASH, ULARNI AMALGA OSHIRISH YO’LLARI


Download 2.48 Mb.
bet315/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

14- MAVZU:

O’QUVCHILARNI IQTISODIY VA EKOLOGIK TARBIYALASH, ULARNI AMALGA OSHIRISH YO’LLARI

REJA.
1. Iqtisodiy tarbiya maqsadi va vazifalari.
2. Iqtisodiy tarbiya berish yo`llari.
3.Ekologik tarbiyaning mohiyati va mazmuni
4. Darsda va darsdan tashqari ishlarda ekologik tarbiya.
MAShG`ULOTNING BORIShI.
1. Iqtisodiy tarbiyaning hozirgi kundagi ahamiyati, uning maqsad va vazifalari yoritib beriladi. Iqtisod, iqtisodiyotning o`zi nima? Bu tushuncha yunon olimi Geliot tomonidan kiritilgan bo`lib, bu – «uy xo`jaligini boshqarish san’ati» ma’nosini anglatadi. Keyinchalik bu tushunchaning mohiyati kengayib, ma’nosi ham to`ldirib borilgan. Iqtisodiyot – bu juda keng va murakkab tushuncha. Iqtisod atamasi tor ma’noda inson yaratgan barcha boyliklarni tejash, shuningdek, inson mehnatini qadrlash ma’nosini anglatadi. Keng ma’noda iqtisodiyot insonning tirikchiligini o`tkazishga qaratilgan xo`jalik faoliyati bo`lib, bu faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, yaratilgan mahsulotlarni iste’mol etish bilan yakunlanadi.
Demak, iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo`lib, jamiyatning eng muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi.
2. Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi va iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy tarbiya haqida fikr yuritiladi. Iqtisodiy ta’lim o`quvchilarga xo`jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo`jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko`paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to`g`ri tashkil etish va hokazolar) to`g`risidagi nazariy bilimlarni berishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon.

Iqtisodiy tarbiya o`quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo`jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo`jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko`paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to`g`ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko`nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni.
Yurtboshimizning bu masalaga iqtisodiyotning rivojlantirishning muxim 5 tamoyili iktisodiyot siyosatdan ustun bulishi. Davlat bosh islohatchi bulishi. Qonun ustivorligi. Axolining ijtimoiy ximoyasi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tilishi haqidagi qarashlari va iqtisodiy tarbiya berishning yo`l-usullarini ham ko`rib chiqishi lozim.
3. Tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ma’lum qoidalarga bo’ysungan holda boradi.Bu qonunlarni buzilishi ertami kechmi ekologik xalokatga olib keladi. Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolar umumijtimoiy masalalarning ajralmas qismi hisoblanib,keng jamoatchilik oldidagi xal etilishi zarur bo’lgan masalalardan biridir.Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib ,1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya yunoncha so’z bo’lib ,uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muxit bilan o’zaro munosabatini bildiradi. Ekologik ta’lim va tarbiyani bog’chadan hamda umumta’lim maktablarining 1- sinfidan boshlash kerak. Ekologik tarbiya insonning tabiatiga, biosferaga bo’lgan yangicha munosabatlarni shakllantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Ekologik tarbiya atrof muhitga, olamga, xayvonot va o’simlik dunyosiga muxabbat va extiyotkorona munosabatlarni shakllantirish jarayonidir.
Ajdodlarimiz bu masalaga aloxida e’tibor bilan qaraganlar . Bolalar go’daklik chog’laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muxabbat atrof muxitga xurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish hissi shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga "Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Birni kessang, o’nni ek" kabi o’git, nasixat qilganlar. Hozirda umumta’lim maktablarining 5 - sinflaridan boshlab, e k o l o g i ya fani o’qitila boshlanadi.
4. Bolalarda ekologik xususiyatdagi tasavvurlarini kengaytirishda tarix va geografiya fanlarining imkoniyati katta. Bundan 500 yil,1000 yil avval o’lkamiz tabiati qanday bo’lgan , o’simlik va xayvonot olami qanday bo’lgani kabi savollarga javob topish mumkin. Ona tili darslaridagi ko’plab mashqlar o’quvchilarda tabiatga mexr uyg’otishi qo’l keladi.
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim tarbiya jarayonida o’quvchilar tabiatidagi salbiy yoki ijobiy o’zgarishlar inson sog’ligiga qanday ta’sir qilishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishadi. Masalan: Respublikamizda 1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular xavoga 1500 tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan keyin shu maromda ketaversa nimalarga olib kelishi mumkinligini misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari yoshlarga tushuntiriladi.
Ekologik yo’nalishdagi to’garaklarda bolalar tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat go’zalliklaridan zavqlanishga, atrof muxitni sevishga o’rgatilib boriladi.
To’garak mashg’ulotlarida o’tiladigan "Tabiatni e’zozlaylik", "Tabiat va inson", "Ekologiya va inson", "Orol madad so’raydi", "Kushlar bizning do’stimiz" kabi mavzularda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. O’qituvchining bolalarga ekologik ta’lim tarbiya berishda xalqimizning o’ziga xos milliy tarbiyasidan o’rinli foydaanishi yaxshi samara beradi.


Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling