O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o’zaro ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi.
«Milliy ong - O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni davr talabi darajasiga ko’tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Bunda ta’lim-tarbiya muassasalari-ning roli ayniqsa muhimdir. Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmui. II.1.Turli dunyoqarashlar mohiyatini yorituvchi rivoyatlardan misollar keltirish lozim. Bunda quyidagi kabi rivoytlar tahlil etiladi: Qadimiy turkiy xalqlarda ham shunday mifologik tizim mavjud bo’lgan. Misol tariqasida yer, osmon, yulduzlarning paydo bo’lishi, tuzilishi va o’zaro munosabati haqidagi mifologik naqllarni keltiramiz: 1. Yer(ning) ustidan osmon do’ppiday yopib turadi. Eng balandda, o’rtada Temir qoziq yulduzi turadi. Jami yulduz yer bilan temir qoziqning (atrofida) chir aylanadi. Yerning ostidayam bir temir qoziq yulduzi bor. Ikki temir qoziq tortishib, yer qimirlamay turadi. 2. Hulkar avval yetti yulduz bo’lgan. Birovini Yetti qaroqchi olib, oltitasi qolgan. Yetti qaroqchi Hulkar bilan Qambarning o’rtasia tushib, ularni yuz ko’rmas qilib qo’ygan. Avval ular bir-birini yaxshi ko’rishgan. Hozir Hulkar botsa, Qambar chiqadi. Qambar botsa, Hulkar tug’adi. Hulkar- qiz, Qambar- yigit deyishadi. Oxiri qiyomatda Hulkar bilan Qambar ko’risharmish. 3. Osmon qavat-qavat bo’lar ekan. Nechanchidir qavatida bir daraxt bor ekan. Har bir odamning oti yozilgan barg shu daraxtda bo’lar ekan. Odam o’lsa, barg so’lib, uzilib tushar ekan. Barg yerga tushayotganda, biror odamga tegib ketsa, shu odamning qulog’i chimirlar ekan. Shunday vaqtda kalima qaytarishi kerak ekan. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling