O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Savol- Abu Rayhon Beruniy jamiyat taraqqiyotiga qanday hissa qo`shgan olim?
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Beruniyning didaktik qarashlari
3. Savol- Abu Rayhon Beruniy jamiyat taraqqiyotiga qanday hissa qo`shgan olim?
Javob-O`rta asrning buyuk qomusiy olimi bo`lgan Abu Rayhon Beruniy (973-1048) ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlar rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. Jurjonda yashagan davrida Beruniy o`zining mashxur «Al-osorul bokiya an il qurun ul holiya» nomli («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») asarini yozadi. Unda yunonlar, forslar, arablar, surdiylar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning taqvim tizimi mufassal bayon qilingan. Shuningdek, falakiyot va matematikaga oid masalalarga ham katta e’tibor berilgan. Markaziy Osiyoning tarixi va madaniyati haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilganligiga ham to`xtalib o`tiladi. Uning turli xajmdagi 150 ta asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 tasigina bizgacha yetib kelgan. Beruniy o`z asarlarida ta’limning ko`rsatmali, izchil, maqsadga muvofiq bo`lishi kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o`rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan; Beruniy ilm-fanning muxlisi va buyuk homiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog`liq, odamlarning baxti esa uning ma’rifatida deb bilgan Beruniy bolalarni axloqiy barkamolligi va yomon fazilatlardan saqlashda quyidagi tarbiya usullarini olg`a surgan edi: 1. O`rnak olish: Donishmand va olimlar xulqlaridan o`rnak olish yaxshi xulqni rivojlantiradi, yomon odatlarni yo`q qiladi. U ko`proq ota-onalarni farzandlariga o`rnak bo`lishga chorlaydi. 2. Pand va nasihat. Beruniy pand-nasihat orqali bolalardagi ayrim nuqsonlarni anglatish zarur deb hisobladi 4. Beruniyning didaktik qarashlari. Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo`lganini aytib, ularni quyidagicha ta’riflagan: «Musiqa—insonga kuchli ta’sir etib, yoqimli kayfiyat bag`ishlaydi: til — nutqning tarozisi va muomala qurolidir: geodeziya—harakatsiz yulduz va kuyosh orqali shaharlarning joylashishini mukammal o`rgatadi; geologiya, geografiya va gidrologiya—yer haqidagi fanlardir; geometriya—jismlarning shakllarini falakiyot—koinot sirlarini, mineralogiya—javohir va la’llapni o`rgatadi; dorishunoslik—tibbiyot ilmlaridan xabardor qiladi. Beruniy fanlarni ta’riflash bilan birga ularni o`qitishning quyidagi muammolarini bayon etganligiga to`xtalib o`tishadi. “Pedagogika tarixi” «Pedagogika tarixi» Т., 1996 yil. (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasi 81-88- betlaridan, «Pedagogika tarixi» Т., 2004 yil. oliy o`quv yurtlari uchun darslikning (O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Hamidov) 48-55 betlaridan foydaliniladi . Тa’limda o`quvchini zeriktirmaslik uchun o`rganiladigan fanlarni almashtirib turish kerak. O`quvchi fandan-fanga o`tib tursa, turli bog`larda yurganga o`xshaydi. Birini ko`rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u «Har bir narsada o`ziga yarasha lazzat bor» deyilganidek, ularga qiziqadi va o`qishni istaydi. Bir xil narsaning bayoni bolani charchatadi va xotirasida hech nimani saqlay olmaydi. Beruniy ilmni quyidagi uch yo`l bilan hosil bo`lishini alohida o`qtirgan: 1. Har bir ilm va san’atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shuni to`g`ri boshlash zarur. 2. Ilm boshlanish joyiga yaqinlashgan sari to o`ziga borib yetguncha soddalashtirib borish. 3. Ilm o`rganish vaqt va sabrni talab etadi. Shoshilish kerak emas. Beruniy ilm ahlini hurmat qilinsagina, ilmlar yanada rivojlanib ketishini qayta -qayta o`qtirgan edi. O`zi esa juda ko`p olim va podshohlarga saboq ham bergan. Beruniyning tolmas zakovatidan Sulton Mas’ud ham bahra olgan, ya’ni undan falakiyotshunoslik ilmlni o`rgangan, Beruniy tahlilidagi darsliklar g`oyat tushunarli, sodda bo`lib, ilmga cheksiz muhabbat uyg`otganligi haqidagi fikrlarini ham bayon etishadi. Nazorat uchun savol va topshiriqlar Sharq «Uyg’onish davri» ta’lim-tarbiyaga qanday ta’sir ko`rsatdi? Beruniying pedagogik g’oyalarini hozirgi davr yoshlarining ta’lim-zbiyasiga uzviy bog’liqligini taqqoslang. Ibn Sino pedagogik qarashlarini mohiyatini izohlang. Ibn Sino pedagogik g’oyalarini hozirgi davr pelagogikasiga uzviy bog’liqligini taqqoslang. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling