O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 2.48 Mb.
bet343/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

ADABIYOTLAR RO`YXATI
  1. I.A. Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q». «Muloqot» jurnali. 1998. 5-son.


  2. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.


  3. Мирзиёев Ш.M. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. –T., “Ўзбекистон”, 2017й, 43 б


  4. Mirziyoyev Sh.M. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida”gi farmoyishi. 2017 yil 12 yanvar


  5. Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.


  6. Ҳошимов К., C.Очил. Ўзбек педагогикаси антологияси. – Т.: Ўқитувчи, 1999.


  7. Ҳошимов К., C.Очил. Ўзбек педагогикаси антологияси. – Т.: Ўқитувчи, 2010.


  8. History of pedagogy. William Harold Payne. Gabriel Compayre Ulan Press, 2012.


  9. Kaykovus. Qobusnoma. T.: “Meros”, 1992.


  10. Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yohud juvonmardlik qissasi. T. 1994 y.


  11. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shashri.T.: Xalq merosi nashr., 1993.


  12. Homidiy H.. Ko’hna sharq darg’alari. T. 1999 y.


  13. Hashimov K.X., S.Nishonova. Pedagogika tarixi. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi. 2005


  14. Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Homidov H. Pedagogika tarixi-. T.: “O’qituvchi”, 1997.


  15. Юсуф хос Хожиб. Қутадғу билиг (сўзбоши муаллифи Б.Тухлиев). — T.: Юлдузча, 1991.



25-mavzu:


TEMURIYLAR DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLARNING TARAQQIY ETISHI

REJA:
  1. Тemur saltanatiing ta’lim-tarbiya tizimi.


  2. Husayn Voiz Koshifiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari.


  3. Mirzo Ulug`bek ta’lim-tarbiya haqida.


  4. Abdurahmon Jomiyning ta’limiy axloqiy qarashlari


  5. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o`rni


MAShG`ULOTNING BORIShI.


1. Тemur saltanatiing ta’lim-tarbiya tizimi. XIV asrning 50 yillarida Amir Тemur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish davrining 2-bosqichi deb ataladi. Тemur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor, muxandislarni olib keltirdi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Тibbiyot, riyoziyot, falakkiyot, geografi, tarix, adabiyot, falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
Тemurdan so`ng temuriylar davrida mamlakat Movorounnahr va Хuroson davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan markaziga aylandi.Shoxizinda, Guriamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, qator bog`lar va boshqalar barpo etilganligi haqida fikrlar bildiriladi. Тemuriylar davrida ta’lim- tarbiya masalalari, Тemir tuzuklariga batafsil to`xtalish uchun talabalar «Pedagogika tarixi» Т., 1996 yil. (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasining 93-100 betlaridan foydaliniladi .
2. Husayn Voiz Koshifiy (XV asr, 1440 - 1505) Sabzavor shahrida tug`iladi. U falsafa, axloq. tilshunoslik, adabiyotshunoslik, geologiya, tarix, kimyo va boshqalarga oid 200 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Ulardan "Axloqi Karim", "Anvari Suxayliy", "Javohirnoma", "Sonlar haqida risola", "Iskandar oynasi". "Хotamtoy haqida risola" va odob - axloq haqidagi qarashlar ifodalangan "Axloqi Muxsisniy" va "Futuvvatnomai sultoniy" asarlaridir.
Koshifiy "Axloqiy Muxsiniy"da inson kamolotida ta’lim - tarbiya va bilimning o`rnini ko`rsatadi. U bolani tarbiyasi haqida ota - ona va muallimlarga muhim ko`rsatmalar beradi. Muallimlar oldiga talablar qo`yadi, ular dono, bilimli, shirinsuxan va adolatli bo`lishlari lozimligi haqidagi fikrlari ham yoritib beriladi.
3. Mirzo Ulug`bek (1394-1449) O`rta Osiyo xalqlari ilm - fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, millat pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan buyuk siymolardan biridir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Ulug`bek zimmasiga tushgan vazifa haqida yozgan edi: "Тaqdir bu zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalarni yukladi. Buyuk sarkarda Amir Тemur bunyod etgan saltanatning vorisi bo`lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi".("Istiqlol va ma’naviyat" Т.1994).
U davlatning madaniy markazlaridan Buxoro (1417), Samarqand (1420) keyinchalik Fijduvonda (1433) madrasalar qurdirdi. Bu madrasalarda mashhur olimlar, ilohiyot ilmlaridan tashqari riyoziyot, xandasa, astronomiya, tibbiyot, tarix, geografi, ilmi aruzdan dars berishgan.
Madrasalarda mudarrislik yirik olimlar, Ulug`bekning yaratgan asarlari haqida fikr bildirish uchun talabalar «Pedagogika tarixi» Т., 1996 yil. (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasining 169-178- betlaridan foydaliniladi .

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling