O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Ta’lim mazmunini tanlashga ilgari qanday yondashilgan, qanday nazariyalar bor?
Download 2.48 Mb.
|
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org
Ta’lim mazmunini tanlashga ilgari qanday yondashilgan, qanday nazariyalar bor?
Ma’lumot mazmunini tanlashga oid nazariyalarning ayrimlari uzoq o’tmishga borib taqalsa, ayrimlari XX asrda paydo bo’lgan. Moddiy ta’lim nazariyasi X1X asrning keyingi choragida kirib keldi. (1879 y, F.Doerfeld. «Didaktik meterializm» kitobi). Moddiy ta’lim nazariyasi asoschilari maktabning vazifasi bolalarga imkoniyati yetguncha ko’proq bilim o’rgatishdan iborat deb hisoblardilar. Formal ta’lim tushunchasi 1791 yili (E.Shmidtning «Empirik psixologiya» kitobida) ishlatilgan. Formal ta’lim nazariyasi tarafdorlari maktabning vazifasini bolalar taraqqiyotida ko’rishadi. Ular maktabning ishi bilim berish emas, aksincha, bolalarda turli qobiliyatlarni rivojlantirishdan iborat, deb bilishadi. Bilimlarni esa har kim o’zi istagancha, o’z qobiliyatiga yarasha o’rganadi. Moddiy ta’lim va formal ta’lim nazariyalari g’oyalarini T-chizma asosida solishtirib, tahlil eting:
2-6.chizma 4 guruhga bo’linib «Ta’lim mazmuni», «O’quv reja», «O’quv dastur», «Darslik» mavzularida klaster tuzing. (Usul qoidalari oldingi mavzularda berilgan)
O’quv rejasi. O’quv dasturi. Darslik. O’quv rejasi - davlat hujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’kuv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona o’quv rejasi hisoblanib, u xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o’quv rejasi - shu fanni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatlaridir. O’quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi. O’quv tarbiya ishining maqsadi, o’quvchilarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko’nikmaga aylantirib, uni hayotga qo’llay olishga o’rgatish. O’quv dasturi nima? U qanday qoidalar asosida tuziladi?O’quv dasturi - har bir alohida fan uchun tuziladi. Dastur o’kuv rejasiga asoslanadi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma - ketligi, ikkinchi mavzu birinchisini to’ldirishi, izchilligi bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. O’quv dasturida mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi. Fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda yo’nalishlari ajratiladi. Ular boblarga bo’linadi. Boblar katta katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo’linadi va o’quvchilarga tushuntiriladi. O’quv dasturining o’zini amal qilishi kerak bo’lgan qoidalari mavjud. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling