Mustaqil ta’lim bloki. “Pedagogika tarixidan xrestomatiya” kitobining 90-93 betlarini o‘qib, konspekt qilish.
2.8.2-o‘quv elementi. XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. K.D.Ushinskiyning pedagogik merosi.
Nazariy blok. XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo‘nalishlari. M.V.Lomonosov va uning rus pedagogikasi va maktablar rivojidagi o‘rni. L.N.Tolstoyning pedagogik qarashlari. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to‘grisida. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogik merosi.
Muammoli blok. Reformatorlik pedagogikasining zamonaviy pedagogik paradigmalar bilan aloqadorligini tahlil etish.
Mustaqil ta’lim bloki. “Pedagogika tarixidan xrestomatiya” kitobining 93-98 betlarini o‘qib, konspekt qilish.
2.8.3-o‘quv elementi. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Nazariy blok. Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi. Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari.
Muammoli blok. Jahon ta’lim modellarini qiyosiy tahlil etish.
Mustaqil ta’lim bloki. “Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi” mavzusida o‘quv loyihasini tayyorlash.
3-modul. Pedagogik mahorat
Modulning didaktik maqsadi. Mazkur moduldagi o‘quv axborotlarini o‘rganish asosida talaba:
- ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik qobiliyat turlaridan samarali foydalanish;
- o‘quvchilar bilan samarali muloqotga kirishish, kommunikativ ta’sir ko‘rsatish, kasbiy-pedagogik fantaziyaga ega bo‘lish;
- o‘quvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatishda muloqotning noverbal vositalaridan maqsadga muvoviq foydalanish;
- pedagoglik kasbiga xos yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish;
- yuqori saviyadagi og’zaki va yozma nutqni egallash, nutq madaniyatini o‘zida tarkib toptirish;
- pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish, o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyalarini o‘zlashtirishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |