O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Ekologik tarbiyaning mohiyati, darsda va darsdan tashqari ishlarda ekologik tarbiya


Download 2.48 Mb.
bet88/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Ekologik tarbiyaning mohiyati, darsda va darsdan tashqari ishlarda ekologik tarbiya.
Tabiat bilan inson o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ma’lum qoidalarga bo’ysungan holda boradi.Bu qonunlarni buzilishi ertami kechmi ekologik xalokatga olib keladi. Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolar umumijtimoiy masalalarning ajralmas qismi hisoblanib,keng jamoatchilik oldidagi xal etilishi zarur bo’lgan masalalardan biridir.Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib ,1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muxit bilan o’zaro munosabatini bildiradi. Ekologik ta’lim va tarbiyani bog’chadan hamda umumta’lim maktablarining 1- sinfidan boshlash kerak. Ekologik tarbiya insonning tabiatiga, biosferaga bo’lgan yangicha munosabatlarni shakllantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Ekologik tarbiya atrof muhitga, olamga, xayvonot va o’simlik dunyosiga muxabbat va extiyotkorona munosabatlarni shakllantirish jarayonidir.
Ajdodlarimiz bu masalaga aloxida e’tibor bilan qaraganlar . Bolalar go’daklik chog’laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muxabbat atrof muxitga xurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish hissi shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga "Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib baxra oladi", "Birni kessang, o’nni ek" kabi o’git, nasixat qilganlar. Hozirda umumta’lim maktablarining 5 - sinflaridan boshlab, e k o l o g i ya fani o’qitila boshlanadi.


Ekologik ta`lim deganda o`quvchilarga berilishi lozim bo`lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.

Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta`lim-tarbiya umumiy ta`lim-tarbiyaning tarkibiy qismi bo`lib, maktabda barcha fanlarni o`qitishda amalga oshirilishi ko`zda tutiladi. ekologik ta`lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlar tabiat boyliklarini tejab-tergansha, tabiatni muhofaza qilishga o`rgatila boriladi. Atoqli pedagog V.A. Suxomlinskiy “Bolalarga jonim fido” asarida “Men bolalar «Alifbeni ochib, birinchi so`zini hijjalab o`qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim”1 deb ta`kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir.
Ekologik tarbiyada o`quvchilarni o`z maktabini, yashaydigan muhiti - shahar va qishloq ko`chalarini ko`kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. Ekologik madaniyat avvalo oiladan boshlanadi.
Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • Atrof muhit va uning shaxs ma`naviy dunyosiga ta`siri;


  • Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;


  • Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilaning hamkorligi;


  • O`z yashash joyi, shahar va qishlog`i, oila va maktab hovlisini ko`kalamzorlashtirishda, hatto, sinf xonasidagi o`simliklarni ham parvarishlashga qiziqishlarini oshirish;


  • Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;


  • Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarning naunalari;


  • Oiladagi maktabdagi tabiatni, o`simliklar va hayvonot dunyosini e`zozlashga o`rgatish, jonivor va qushlarni parvarish qilish;


  • Tabiatga ongli munosabat jarayonida o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish;


  • Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an`ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e`tiborni kuchaytirish.





Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling