O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Mustaqil ish uchun topshiriq


Download 2.48 Mb.
bet176/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Mustaqil ish uchun topshiriq
  1. Ta’lim tizimidagi yangiliklar va unga munosabatingiz haqida referat tayyorlash.





Mavzu yuzasidan savollar
  1. Respublikamizda mustaqillik e’lon qilingandan so’ng ta’lim sohasida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?


  2. Ta’lim sohasidagi islohotlarning mohiyati nimadan iborat edi?


  3. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim tizimida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?


  4. Mustaqillik yillarida pedagogika fani taraqqiyoti haqida so’zlang?


  5. YOshlar ongiga milliy istiqlol g’oyasini qanday singdirish mumkin?




2.8-submodul. JAHON PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI VA KOMPARATIV PEDAGOGIKA.

30-mavzu:

ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI. YA.A.KOMENSKIYNING PEDAGOGIK NAZARIYASI.
Reja:
  1. Qadimgi Yunoniston va Rim davrlarida ta’lim-tarbiya


  2. G’arbiy yevropada maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti


  3. YAn Amos Komenskiy, Iogann Genrix Pestalotssi, Iogann Gerbartlarning pedagogik qarashlari


  4. Adolf Distervegning pedagogi g`oyalari




Tayanch so`z va iboralar:
Qadimgi Yunoniston, Rim, Afina, Sparta, «agella», «pedonom», «Kreptiyalar», «Efeblar», «grammatist», «kifarist», «didaskol», Suqrot, Platon , Arastu—Aristotel, Ritsarlik tarbiyasi, Yevropada dastlabki universitetlar, YAn Amos Komenskiy, “Buyuk didaktika”, bola yoshini davrlashtirish, sinf-dars tizimi, Iogann Genrix Pestalotssi, Iogann Gerbartlarning pedagogik qarashlari, Adolf Distervegning pedagogik g`oyalari, «Evristik suhbat», cherkov, monastir maktablari


Qadimgi Yunoniston va Rim davrlarida ta’lim-tarbiya
Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o’rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy SHarqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo’ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda o’zlarini katta hissasini qo’shdilar.
Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha yondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog’oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o’nlik tizimi kashf etildi, Mesopotamiyada esa yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo’lish o’ylab topildi.
Eramiz boshlanishidan oldin O’rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo’lgan joyda O’rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo’li qurildi. So’ngra O’rta Osiyo orqali Xitoydan O’rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo’li» ochildi. Natijada O’rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o’z navbatida O’rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.
Ayniqsa, qadimgi YUnonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.
Yunoniston uncha katta bo’lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo’’tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo’ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi.
Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling