O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 2.48 Mb.
bet177/503
Sana05.08.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1665438
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   503
Bog'liq
Umum ped na amal-O`um 13-14-www.hozir.org

Lakoniya (Sparta)da kemalar to’xtaydigan qulay gavanlar bo’lmaganligi tufayli qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo’lgan quldorlar 250 mingdan ko’proq aholiga hukmronlik qilardi. Spartada qullar shafqatsiz ta’qib ostiga olinar edi.
Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo’lib, uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalash va bo’lajak quldorlarni yetkazishdan iborat edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga yetguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog’lom bo’lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og’riqqa bardosh berishga o’rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:
«O’qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o’rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so’zsiz itoat qildirishni, chidamli bo’lishni va yengish ilmini o’rgatishni ko’zda tutar edi».
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo’lib ko’ringan har qanday illatni (qulni) o’ldirar edilar.
YOshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Shuningdek, bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilgan.
Spartada 18—20 yoshga yetganda yigitlar «Efeblar» o’spirinlar guruhida harbiy xizmatni o’taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ularni harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo’riqlab, qullarni itoat saqlashini ta’minlar, ular hatto jangda ham qatnashar edilar.

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   503




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling