3. O’zbekistondagi ta’lim mazmunini chet el (AQSh, Yaponiya va boshqa) ta’lim mazmuni bilan qiyoslab o’rganish. J.Yo`ldoshevning “Xorijda ta’lim’ ”M.Abbasovaning “Razvitiye obrazivaniya v zarubejnix stranax. (1950-1990)” , “Fransiyada ta’lim tizimi” kabi asarlari va internet ma’lumotlari asosida qator rivojlangan davlatlat ta’lim tizimi va ulardagi ta’lim mazmuni o`rganiladi va O`zbekiston ta’lim tizimi bilan qiyoslanadi.
Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishing va O’zbekiston ta’lim tizimi bilan qiyoslang!
XULOSA
Xullas o’qituvchi keng ko’lamdagi didaktik bilimlarga pedagogik mahoratga ega bo’lishi bilan birga pedagogik me’yoriy hujjatlar bilan ish olib borishni ham bilishi lozim. Bundan tashqari u rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimi va uning mazmunidan ham atroflicha xabardor bo’lishi talab etiladi. Shundagina o’qituvchi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari darajasida ta’lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Sharq mutafakkirlarining ilmni, fanni, bilimdonlikni ulug’lagan fiklaridan misollar keltiring.
2. Bilish jarayoni va ta’lim jarayonining o’xshashlik tomonlari nimada?
3. Ta’lim jarayonining ikki tomonlama xususiyati nimadan iborat?
4. Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalar qo’llanilishi munosabati bilan qanday yangi o’quv adabiyotlari paydo bo’ldi va qo’llanilmoqda? A. Abduqodirovning «Umumta’lim maktablari uchun elektron darslik yaratishning nazariy asoslari» («Pedagogik mahorat», 2003, № 2, 6-10- betlar) maqolasini Insert usulida o’qib, tahlil qiling.
5. Mutaxassisliginigizga oid darslikdan birorta o’quv materialini tanlab, quyidagi ishlarni bajaring:
-o’quv materialini o’quv elementlariga ajrating;
-o’quv elementlari bo’yicha beriladigan savollarni belgilang;
-o’quv materiali mazmunini hisobga olib kurgazma qurol yasang;
-mazmunga mos keladigan o’quv topshiriqlari tiplarini aniqlang.
6.Mutaxassislik faningiz buyicha DTS, o’quv dasturga asoslanib, chorak uchun kalendar-tematik ish reja tuzishni mashq qiling.
7. Mutaxassisligingizga oid fanning o’quv dasturini va o’shanga tegishli darslikni olib bir-biriga solishtirib ko’ring. Darslikning dasturga muvofiqligini tahlil qiling.
8. Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalar qo’llanilishi munosabati bilan qanday yangi o’quv adabiyotlari paydo bo’ldi va qo’llanilmoqda? A. Abduqodirovning «Umumta’lim maktablari uchun elektron darslik yaratishning nazariy asoslari» («Pedagogik mahorat», 2003, № 2, 6-10- betlar) maqolasini Insert usulida o’qib, tahlil qiling.
9. Mutaxassisliginigizga oid darslikdan birorta o’quv materialini tanlab, quyidagi ishlarni bajaring:
-o’quv materialini o’quv elementlariga ajrating;
-o’quv elementlari bo’yicha beriladigan savollarni belgilang;
-o’quv materiali mazmunini hisobga olib kurgazma qurol yasang;
-mazmunga mos keladigan o’quv topshiriqlari tiplarini aniqlang.
10. Mutaxassislik faningiz buyicha DTS, o’quv dasturga asoslanib, chorak uchun kalendar-tematik ish reja tuzishni mashq qiling.
11 Mutaxassisligingizga oid fanning o’quv dasturini va o’shanga tegishli darslikni olib bir-biriga solishtirib ko’ring. Darslikning dasturga muvofiqligini tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |