1. Dasturning aniq bir g’oyaga asoslanganligi. Dastur mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoiyllariga asoslangan holda isloh qilingan har bir fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralaridagi erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim. Dastur uzoqni ko’ra bilishi qoidalariga asoslanishi kerak.
2. Dastur ilmiylik prinsiplariga asoslanadi. Har bir ta’lim va tarbiya g’oyalari, ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi.
3. O’quv dasturi aniq mazmun va mantiq g’oyalarini o’zida aks ettirishi lozim. Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o’rganiladi. Aks holda tushuntirish qiyin bo’ladi.
4. Nazariyot bilan amaliyotning birligi prinsiplari. Talabalar nazariy olgan bilimlarini amalda qo’llay olish ko’nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.
5. O’quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. Vaqt o’tishi bilan fan olamida yangi - yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun - qoidalar paydo bo’lib, fan takomillashib boradi.
O’quv dasturi davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavriat, magistratura , litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida - alohida tuziladi.
Darslikni hammamiz bilamiz. Undan uzoq yillar davomida foydalanib kelganmiz, ayrimlarga u eng yaqin do’st bo’lib qolgan. Xuddi shu biz biladigan darslik qanday talablar asosida yaratiladi?
Darslik. Darslik o’quv jarayonining asosi. O’quvchining uydagi muallimi, yordamchisi. Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi.
Darslikda aks etgan ilmiy bilimlar sinf o’quvchilarining yosh xususiyatiga mos kelishi kerak.
Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asosi, g’oyalari tizimli va izchil bo’lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli bo’lishi lozim.
Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi kerak.
Darslikda mavzu sodda ravon tilda yozilishi hamda tegishli qoida va ta’riflar berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi rasmlar va bezatilishi o’quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand bo’lishi kerak.
Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo’lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |