Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish bakalavriat ta’lim yо‘nalishi


Download 94.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi94.58 Kb.
#1491382
Bog'liq
60730700- Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini



60730700- Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini 
ishlab chiqarish bakalavriat ta’lim yо‘nalishi 
60730700 -Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab 
chiqarish ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlash ta’lim shakllarida 
amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo’yicha o’qitish kredit-modul tizimi 
asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy 
muddati 4 yil. 
60730700 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab 
chiqarish- “Arxitektura va Qurilish” ta’lim sohasiga oid yo’nalish bo’lib, u qurilish 
materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, izlash, tayyorlash, 
standartlash, tadqiq qilish, saqlashga yo’naltirilgan inson faoliyati vositalari, 
usullari bilan bog’liq kompleks masalalar bilan bog’liq kasbiy sohalar majmuasini 
qamrab oladi. 
Kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
 

qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 
jarayonlari; 

qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini tayyorlashda 
qo’llaniladigan xom ashyo va materiallar tahlili
- qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 
texnologiyalari va jixozlaridan foydalanish jarayonlari; 
- qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 
jarayonida sifatini nazorat etish jaryonlari; 

energiya samarali va innovatsion qurilish materiallari va buyumlarini 
ishlab chiqarish jarayonlari. 
60730700 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab 
chiqarish ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta 
tayyorlashdan o’tgandan keyin, professional ta’lim muassasalarida ta’limning 
vakolatli boshqaruv o’rganlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik 
fanlarini o’qitish bo’yicha pedagogik faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega 
bo’ladi. Bakalavriatning kasb ta’limi yo’nalishlari bundan mustasno. 

Download 94.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling