Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi
Download 60.74 Kb.
|
choriev Asadbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Buyuk gumanistlarning jismoniy tarbiyaga oid ta’limotlari Bajardi
- I. BOB. Gumanistlar talimoti. Еvropa xalqlari
- Adabiyotlar Kirish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʻLIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI SPORT FAOLIYATI VA BOSHQARUV FAKULTETI 3-kurs 307- gurux talabasi CHoriev Asadbekning «Jismoniy madaniyat nazaryasi va metodikasi» fanidan KURS ISHI Mavzu: Buyuk gumanistlarning jismoniy tarbiyaga oid ta’limotlari Bajardi: ________________________ Qabul qildi: ____________________ Mavzu: Buyuk gumanistlarning jismoniy tarbiyaga oid ta’limotlari Reja: Kirish I. BOB. Gumanistlar ta'limoti. Еvropa xalqlari .Gumanistlar ta’limoti Еvropa xalqlari jismoniy tarbiyasi Sotsial utopistlar ta'limoti II. BOB. Jismoniy trbiya nazaryasi va jismoniy tarbiyaga oid ta’limotlar 2.1 Jismoniy tarbiya nazariyasinining manbalari. 2.2 Jismoniy madaniyat tizimi 2.3 Jismoniy madaniyat tizimini rivojlanishining umumiy tavsifi 2.4 Buyuk gumanistlarning jismoniy tarbiyaga oid ta’limotlari 2.5 Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi 2.6 Jismoniy mashqlar mazmuni va shakli Xulosa Adabiyotlar Kirish Mavzuning dolarbligi. Hozirgi kunda ta‘lim tizimida boshlang‘ich ta‘lim asosiy bo‘g‘in sifatida muhim o‘rin tutadi. Bu boshlang‘ich ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, ta‘lim olayotgan o‘quvchilarning sport turlariga qiziqishini oshirish, bilimi, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash davr talabiga aylanib bormoqda. O‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslari jarayonidagi jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarlik darajasi o‘ziga xos bo‘lib, farqli ravishda individual o‘zgarishlarga ega. Bir xil yoshdagi va bir xil jismoniy rivojlanishga ega bo‘lgan bolalarda jismoniy sifatlarning rivojlanishi har xil ekanligi ta‘kidlangan. Shu sababli, jismoniy rivojlanishi har xil bo‘lgan o‘g‘il va qizlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun individual dasturlar tuzish, mashqlar majmuasini ishlab chiqish, dars jarayonida har bir guruh uchun tabaqali yondashgan holda o‘rgatishni tashkil qilish jismoniy tarbiya jarayonida dolzarb masalalardan biridir. Ba‘zi bir bolalar jismonan nosog‘lom bo‘lib, ularning jismoniy tarbiya dasturidagi mashqlarni bajarishi boshqalarnikidan farq qiladi. Chunki ularning shaxsiy ravishda qancha ko‘p shug‘ullanishlari natijasida jismoniy tayyorgarliligini farqi yaqqol namoyon bo‘ladi. Agar o‘quvchilarning mashqlar bajarishda ko‘nikma va malakasi to‘g‘ri shakllantirib borilsa, ularning jismoniy tayyorgarligi o‘sadi. Mashg‘ulotlar davomida bo‘yi past bolalar murakkab turdagi mashq harakatlarini yaxshi bajaradi, bo‘yi uzun bolalarning esa tezkorlik va egiluvchanlik harakatlarini yaxshi bajarishi ko‘zga tashlanadi. Ilmiy tekshirish va amaliy tajriba ishlarining natijalari ko‘rsatishicha, har bir sinfda kuchli, o‘rta va kuchsiz o‘quvchilar mavjuddir va shu sababli guruh o‘quvchilari orasida jismoniy tarbiya materiallarini o‘zlashtirishda sezilarli farq bo‘lishini ko‘rsatishgan. Boshlang‘ich sinfda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishning eng qulay yo‘llarini izlab topish hamma vaqt muammo bo‘lib kelgan. Bu masalani to‘g‘ri hal qilishning asosiy yo‘llaridan biri tabaqali yondashishni amalga oshirish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuning uchun o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashda jismoniy tarbiya darslaridagi har bir guruh uchun tabaqali va individual yondashish munosabatlarini tashkil etish ilmiy ishlar uchun dolzarb mavzudir. Ilmiy ishlarning natijalari va amaliy tajribalar shuni ta‘kidlaydiki, har bir sinfda kuchli, o‘rtacha va kuchsiz o‘quvchilar mavjud. Pedagogik ilmiy va uslubiy adabiyotlarning tahlili asosida ko‘rsatishicha, ta‘lim uslubiyotida “o‘rtacha” o‘quvchilarning ko‘rsatkichi hisobga olinishi ma‘lum bo‘ldi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jismoniy tarbiya darslarida individual va tabaqali yondashish muammolarini ilmiy ishlab chiqish, ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini va jismoniy rivojlanishini yaxshilash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Prezidentimizning “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3031- sonli qarorining dasturi 7- ilovasida belgilangandek. Download 60.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling