O‘zbekiston respublikasi o‘liy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 40.07 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi40.07 Kb.
#1057704
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Nutq mdaniyati va uslubiyat asoslari.2022.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘LIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI




rektori:
A.R.Maraximov

NUTQ MADANIYATI VA USLUBIYATI ASOSLARI FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 200000 - San’at va gumanitar fanlar
Ta’Iim sohasi: 230000 –Tillar


Ta’lim yo‘nalishi: 60230100 - Filologiya va tillami o‘qitish: o‘zbek tili
Termiz -2022


Fan/modul kodi NMUA2002

0‘quv yili 2022-2023

Semestr
1

ECTS - Kreditlar 5

Fan/modul turi Tanlov

Ta’lim tili 0‘zbek

Haftadagi dars soatlari 2

1.

Fan nomi

Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)

Mustaqil
ta’lim
(soat)

Umumiy
(soat)

Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari

60

90

150

I. 0‘quv fanining mazmuni



Fanni o‘qitishning maqsadi til imkoniyatlaridan to’g’ri, aniq, o’rinli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkumi rivojlantirish, nutqiy aloqa savodxonligini oshirish, milliy istiqlol g’oyasini, sharqona tarbiyani shakllantirish, talaba shaxsini ma'naviy boyitishdan iborat. Umuman olganda, talabalarda yuksak darajadagi nutqiy madaniyatni, muloqot sifatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari quyidagilar:

  • o’quv mashg’ulotlarini til va nutq hodisalarini o’zaro farqlash, qiyoslash, umumlashtirish asosida olib borib, talabaning mustaqil va ijodiy fikrlashi uchun imkoniyat yaratib berish;

  • talaba faoliyatini so’zga ehtiyoj hosil qiladigan o’quv topshiriqlari orqali maqsadli boshqarib borish, so’z boyligini oshirish, tafakkur doirasini kengaytirish, nutqiy salohiyatini o’stirish;

  • Nutq madaniyati, og’zaki va yozma tarzda namunali nutq tuzish malakasiga ega bo’lish hozirgi zamon kishisi umummadaniyatining ajralmas qismi bo’lish zarurligidan kelib chiqib asosan quyidagi vazifalami o’z ichiga oladi:

  • Har bir kishida o’z ona tilidan faxrlanish, g’ururlanish hissini uyg’otish, uni sevish va ardoqlash hissini shakllantirish, o’zbek tilini boyitishga, uning sofligini saqlashga intilish kayfiyatlarini hosil qilish, muomala madaniyatini o’stirishga ko’maklashish;

  • Nutq madaniyatining hozirgi zamon kishisi umummadaniyatining ajralmas qismi bo’lishini ta'minlash.Qolaversa, notiqlik tarixi, buyuk mutafakkirlaming nutqiy madaniyatning ahamiyati haqida qarashlari, mashhur voizlaming notiqlik, taniqli so‘z san’atkorlarining so‘z qo‘llash san’ati haqida, jahon zamonaviy intellektual olamida so‘z qo‘llash, notiqlik sirlari, muloqot madaniyatiga doir qarashlar, ilmiy va amaliy yo‘nalishlar haqida tasavvur hosil qilish; nutqning lisoniy va nolisoniy me’yor, qoidalari bilan tanishtirish; madaniy nutq ko‘nikmasini hosil qilish, malakalarini rivojlantirish kabilami o‘z ichiga oladi.

Fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga qo‘yiIadigan talablar
Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

  • nutq madaniyati shaxs umummadaniy qiyofasi, saviyasini belgilovchi fazilatlardan asosiysi ekanligini anglashi zarur;

  • nutq madaniyatini tarbiyalash va o‘stirishda til siyosati va til haqidagi qonunlaming o‘mini bilmog‘i lozim;

  • nutq va mantiqning uzviy aloqadorligi; notiqlik tarixi; antik davr notiqlari; ajdodlarimiz Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Yusub Xos hojib, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabilaming nutq madaniyatiga doir qarashlari; Bahovuddin Valad, Jaloliddin Rumiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mu’iniddin Voiz, Voiz Xoraviy, Zayniddin Vosifiy, Voiz Qazviniy, Mullo Kalon Voiz Samarqandiyning voizlik san’ati; Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy kabilaming tilning sofligi va nafosati, nutqning go‘zalligi to‘g‘risidagi fikrlari; Cho‘lpon, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidovlaming so‘z qo‘llash san’ati; jahon zamonaviy intellektual olamida so‘z qo‘llash, notiqlik sirlari, muloqot madaniyatiga daxldor sara qarashlar, amaliy yo‘nalishlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak;

  • nutqning shakllari va xususiyatlarini; madaniy nutqning talaffuz, leksik, morfologik, sintaktik, imloviy, punktuatsion, uslubiy, pragmatik, sotsial, etnik, sohaviy me’yorlarini puxta bilishi va foydalana olishi zarur;

  • nutqning to‘g‘riligi va aniqligini ta’minlash; uni mantiqiy asosda tuza bilish va mantiqiy xatoliklami aniqlay olish; nutqning sofligiga, jo‘yaliligiga, ifodaviyligiga erishish; nutqni boyitib borish; nutqiy strategiya va taktikani uyg‘un tashkil eta olish; nutqni pragmatik vaziyatga moslash; muammoli vaziyatlardan nutqiy malaka asosida chiqa olish; o‘zgalar fikrini to‘g‘ri anglash ko‘nikmalariga ega bo'lishi lozim.


Download 40.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling