Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” umummetodologik fan hisoblanib, 1- kurs 1-semestrda o‘qitiladi. “Nutq madaniyati” dasturidagi bilim va ko‘nikmalami egallash “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Psixologiya”, “Mantiq”, “Etika”, “Estetika” va “Madaniyatshunoslik”, “Ritorika” fanlari bo‘yicha o‘rganiladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Talabalarda nutq madaniyati bo‘yicha umumiy nazariy va amaliy bilimlami oshirish, sohaviy nutqiy madaniyatni rivojlantirish ulaming raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishlarida, jamiyatda o‘z professional о‘mini topishlarida, jamiyatning iqtisodiy, madaniy salohiyatini oshirishda, fanning tegishli sohasi yoki ijtimoiy hayotning biror jabhasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalami tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Keys-stadi”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi.
Asosiy qism II. Ma’ruza mashg‘ulotlari «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» faniga kirish
“Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” kursi predmeti, vazifalari. Fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalar. Kursning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati. “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” kursining tilshunoslikka oid nazariy va amaliy masalalami hal qilishdagi asosiy fan sifatidagi ahamiyati haqida.
Nutq madaniyatining ko'rinishlari
Til, ijtimoiylik, aloqa, xabar, ta'sir, fikr almashuv, tafakkur quroli, fonema, morfema, so'z, gap, turg'un iboralar, nutq, nutqiy faoliyat, motiv, maqsad, ijro, tashqi nutq, ichki nutq, og'zaki nutq, yozma nutq, til va nutq dialektikasi, statiklik, dinamiklik, til madaniyati, nutq madaniyati, so'zlash-eshitish, yozish-o'qish, ravonlik, ohang, pauza, mimika, tezlik, gap modellari, suhbat, muhokama, munozara, notiqlik, tanqidiylik, tabrik, yangi avlod tarbiyasi.
O’zbek nutqi madaniyatining asosiy xususiyatlari
Nutq haqidagi ta'limotning mohiyati. Nutqning to'g'riligi. Nutqning aniqligi. Nutqning mantiqiyligi. Nutqning tozaligi. Nutqning ta'sirchanligi.
Nutq shakllari va turlari
Nutq muloqotning bir ko‘rinishi sifatida. Nutq madaniyati tushunchasi. Nutqning og‘zaki va yozma, rasmiy va norasmiy turlari. Nutq madaniyati va uslubiyat. 0‘zbek adabiy tilining vazifaviy uslublari. Nutq va mantiq. Nutq, notiqlik va
voizlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |