O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 1.01 Mb.
bet1/9
Sana07.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1083350
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqillik yillarida Ozbekistonda shakllangan muzeylar va ularning ahamiyati



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Tarix fakulteti Tarix yo`nalishi 172-guruh talabasi Masharipova Kamolaning
Muzeyshunoslik va Arxivshunoslik fanidan tayyorlagan




Mavzu: Mustaqillik yillarida Ozbekistonda shakllangan muzeylar va ularning ahamiyati.
Ilmiy rahbar: Matyoqubov Hamdam
Urganch 2019
Mavzu : Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda shakllangan muzeylar va ularning ahamiyati.
Reja:
I. Kirish. ......................................................................................................... 3
II. Asosiy qism. ............................................................................................. 5
1. Muzeylar ajdodlar xotirasi koʻzgusi sifatida...........................................
2. Mustaqillik yillarida muzeylarga boʻlgan eʼtibor.....................................
3.Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonda tashkil etilgan muzeylar.................
III. Xulosa. ....................................................................................................
IV. Foydalanilgan adabiyatlar va manbalar. ..............................................
V. Ilova..........................................................................................................
Kirish
Inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini
chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga
muhabbat tuyg'usi ildiz otib, ulg'aya boradi".1
I.A. KARIMOV
„Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa bunday odamlarni yo’ldan urush, har hil aqidalar tasiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi irosasini mustahkamlaydi O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Jamiyat taraqqiyoti asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch marifatdir. Ma’naviyat marifatni targ’ib qilish har bir ziyolining vijdon ishidir. Ma’rifatchi fidoyi bo’lishi kerak. Manaviyatning tilkashi tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak. Faqat baxs munoxara, taxlil mevasi bo’lgan xulosalargina bizga to’g’ri yo’l ko’rsatishi mumkin. Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Takror aytaman irodali insondir."2
Xalqimiz qadim zamonlardan beri o’z tarixining shonli sahifalariga oid noyob osori atiqalarini asrab-avaylab keladi. Ulug’ insonlar, tabarruk allomalar hamda xalq qahramonlaridan esdalik bo’lib qolgan buyumlar, tarixiy manbalar afsonalarga aylanib, avloddan-avlodga o’tib kelgan. Keyinchalik, masalan, temuriylar davrida saroylarda, boshqa xazinalarda shunday noyob buyumlarni bir joyga to’plab, aziz mehmonlarga namoyish etish odat tusiga kira borgan. Tarixchilarning asarlarida hazrat Sohibqiron Amir Temur vafotidan so’ng uning qurol-aslahalari, sovg’alar va qator harbiy o’ljalari maqbara ichiga qo’yilganligi hamda bu narsalar haqida ziyoratchilarga so’zlab berilganligi qayd etiladi. Maqbaraga qo’yilgan har bir buyum nodir tarixiy va madaniy yodgorlik hisoblanar edi. Mamlakatimiz madaniy hayotida shu davrdan boshlab muzeylar faoliyati shakllana boshlagan desak bo’ladi. Buxoro amiri Abdul Ahadxon saroyida tarixiy buyumlarni mehmonlarga namoyish etadigan maxsus xonalar bo’lgan. Bu xonalar “Moziygoh” deb atalib, tom ma’noda hozirgi muzey tushunchasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz saroyida ham shunday “Ajoyibxona” bo’lgan.
Mamlakatimizning uzoq uch ming yillik buyuk davlatchilik tarixi shundan dalolat beradiki, har doim ham o’zbek yurti o’zining betakror iqtisodiy salohiyati bilan tabiiy ravishda ko’plarni o’ziga rom etib kelgan. Keyingi bir yarim asr mobaynida xalqimiz o’zining behisob iqtisodiy-moddiy, madaniy-ma’rifiy boyliklaridan judo bo’ldi. Biroq, mazkur tazyiqlarga, yo’qotishlarga qaramasdan, o’zbek xalqi asl o’zligini saqlab qola bilganligiga ham tarix guvohlik beradi. Shu davrlarda xalqimiz tarixini aks ettiruvchi ko’plab noyob osori atiqalarimiz talon-taroj qilinib, yurtimizdan tashqariga tashib ketildi. Sho’rolar davriga kelib muzeylarimiz kommunistik mafkurani targ’ib etadigan siyosiy o’choqlarga aylantirildi.
Mustaqillik tufayli o’zbek xalqi o’z qaddini rostladi, uning xalqaro nufuzi kun sayin ortib bormoqda. Dunyo mamlakatlarining turli millat va xalqlarning O’zbekistonga, o’zbek xalqiga munosabatining o’zgarishi bu – ildizlari asrlar qa’riga, ko’hna tarixiga tutashgan taqdirimizga bo’lgan ehtiromdir.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling