O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonda tashkil etilgan muzeylar


Download 1.01 Mb.
bet4/9
Sana07.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1083350
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqillik yillarida Ozbekistonda shakllangan muzeylar va ularning ahamiyati

3.Mustaqillik yillarida Oʼzbekistonda tashkil etilgan muzeylar.
Mamlakatimizning uzoq uch ming yillik buyuk davlatchilik tarixi shundan dalolat beradiki, har doim ham o’zbek yurti o’zining betakror iqtisodiy salohiyati bilan tabiiy ravishda ko’plarni o’ziga rom etib kelgan. Keyingi bir yarim asr mobaynida xalqimiz o’zining behisob iqtisodiy-moddiy, madaniy-ma’rifiy boyliklaridan judo bo’ldi. Biroq, mazkur tazyiqlarga, yo’qotishlarga qaramasdan, o’zbek xalqi asl o’zligini saqlab qola bilganligiga ham tarix guvohlik beradi. Shu davrlarda xalqimiz tarixini aks ettiruvchi ko’plab noyob osori atiqalarimiz talon-taroj qilinib, yurtimizdan tashqariga tashib ketildi. Sho’rolar davriga kelib muzeylarimiz kommunistik mafkurani targ’ib etadigan siyosiy o’choqlarga aylantirildi.
Mustaqillik tufayli o’zbek xalqi o’z qaddini rostladi, uning xalqaro nufuzi kun sayin ortib bormoqda. Dunyo mamlakatlarining turli millat va xalqlarning O’zbekistonga, o’zbek xalqiga munosabatining o’zgarishi bu – ildizlari asrlar qa’riga, ko’hna tarixiga tutashgan taqdirimizga bo’lgan ehtiromdir.
Mamlakatimiz mustaqillik davriga qadam qo’ygandan beri hayotimizning barcha sohalari kabi muzeylar faoliyatida ham katta tarixiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Termiz shahridagi Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharofati va shaxsan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A Karimov loyihasi va tashabbusi bilan bunyod etilgan ma’naviyat maskanidir.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo’lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o’tmish merosimizni o’rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ’ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Mustaqillik yillarida Termiz shahrida bunyod etilgan Arxeologiya muzeyi ham shubhasiz anna shu ezgu niyatlarni ro’yobga chiqarish borasida muhim qadam bo’ldi.
Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Termiz shahridagi Surxondaryo viloyati Arxeologiya muzeyi ko’rgazmalari Kirish zali, 9 ta zal va muzey hovlisidagi ayvon ostida I asrdan tortib eramizning III asrlariga mansub ustun asoslari galereyasi turli davrlarga mansub xumlar, sopol quvurlar, Sher bosh qismi tasviri tushirilgan kapitel va islimiy yozuvdagi marmar qabrtosh va ustunli ayvon (galereya)dan iborat.4
Kirish zalining pastki ikki tomonida davrma-davr xumlar, maxsus chiroqlar bilan yoritiladigan vitrinalar ichida esa eksponatlar qo’yilgan.
Zalning o’rtasida Surxondaryo viloyatining topografik relefli arxeologik yodgorliklar xaritasi, to’rida esa Ko’hna Termiz shahri qa’asining maketi qo’yilgan. Shuningdek, kirish zalida akademik Rtveladze E.V. tomonidan yozilgan o’zbek, ingliz, rus tillaridagi viloyat tarixi haqida hikoya qiluvchi stendlar osib qo’yilgan. Ko’hna Termiz shahri qal’asi maketining o’ng va chap tomonida Surxondaryo viloyati hududida joylashgan arxeologik va tarixiy yodgorliklar haqida hikoya qiluvchi 3 xil tildagi ko’rsatuvlar videomonitorlar orqali namoyish etib turiladi va har 15 minutda qaytadan takrorlanadi.
Muzeyning kirish zalida vohaning har bir tarixiy davriga xos to shva ganchdan yasalgan noyob haykallar, toshhovuz va katta hajmdagi sopol idishlar joy olgan bo’lsa, 9 ta asosiy ko’rgazma zallarida miloddan avvalgi 100 ming yillikdan XX asr boshlariga qadar Surxondaryo viloyat yodgorliklarini o’rganish jarayonida topilgan oddiy tosh qurollardan tortib yuksak did bilan yaratilgan san’at namunalarigacha namoyish etiladi. Muzey quyidagi qismlardan iborat :
1-ZAL. Surxon vohasi tosh davrida (miloddan avvalgi 100-ming yilliklar)
2-ZAL. Surxon vohasi bronza davrida (miloddan avvalgi III-II ming yillik boshlari).
3-ZAL. Qadimgi Baqtriya madaniyati.(miloddan avvalgi I ming yillik boshlari – miloddan avvalgi IV asr).
4-ZAL. Baqtriyaning Makedoniyalik Iskandar va ellinistik davlatlar davri madaniyati (miloddan avvalgi 329 yil - miloddan avvalgi II asr o’rtalari)
5-ZAL. Qadimgi Baqtriyaning Kushon davri madaniyati (miloddan avvalgi I – milodiy III asrlar)
6-ZAL. Shimoliy Tohariston ilk oʻrta asrlar davrida (milodiy IV-VIII asrlar)
7-ZAL. Shimoliy Tohariston rivojlangan oʻrta asrlar davrida (IX – XIII asrlar birinchi choragi)
8-ZAL. Amir Temur va Temuriylar davrida Termiz va Chagʻaniyon madaniyati (1370 – XVI asr boshlari)
9-ZAL. Surxon vohas XVI-XX asr boshlarida .

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling