Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‟lim vazirligi
PROFESSONAL TA‟LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
ЖДПУ конференция-20.12.2022
PROFESSONAL TA‟LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH MUAMMOLARI Yusupova Tursunoy Bekpo‘lat qizi Jizzax shaxar kasb-hunar maktabi Jamiyatda paydo bо‗lgan har qanday yangilik singari dasturlashtirilgan ta‘limning ijobiy tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud. Shunga qaramasdan, dasturlashtirilgan ta‘lim о‗quv-tarbiya ishlarida chuqur ijobiy о‗zgarishlarga sabab bо‗lmoqda. Mutaxassis va о‗qituvchilar о‗quv materialini tahlil qilishning yangi uslubiyatini о‗zlashtirib oldilar, о‗quv materiali bо‗yicha axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, sinash yagona tizimga aylandi. Ta‘limda amal qiladigan teskari aloqa yangicha ahamiyat kasb etdi. Mavzularni tо‗liq о‗zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy zamin yaratildi Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammosi bо‗yicha qayd qilingan bilimlar va о‗tkazildigan tadqiqot, unda erishiladigan bilimlar о‗rtasidagi vorislikka rioya qilib, mohiyatdan voqelikka, voqelikdan mohiyatga о‗tishida 224 nazariy bilimlar rivojlanib kompyuterli ta‘limning yangi modelini asoslashga olib keladi. Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi singari insonning bilishi ham uzluksiz davom etadi. Shu yо‗l bilan о‗rganilayotgan obyekt tо‗g‘risidagi bilimlar kategoriyalarda mujassamlashib, nazariyaga aylanadi. Umumiy о‗rta ta‘limda fanni о‗qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish tо‗g‘risidagi tasavvurlarni umumlashtirish va ular asosida tadqiqotni davom ettirish ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammosining tarkibi, uning fanda qо‗yilishi, pedagogik amaliyotdagi о‗rni, uni hal etish konsepsiyasi kabi qator savollarga javobni taqozo qiladi. Didaktik va uslubiy tadqiqotlarda, dastlab, о‗tkaziladigan tadqiqot, uning natijasida erishiladigan bilimlar, ayni holatda umumiy о‗rta ta‘limda fanlarni о‗qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammosining о‗zini, uning tarkibini о‗rganishda qator afzalliklar mavjud. Bunday tahlil tadqiqotchining muammo tо‗g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtirish, mavzu dolzarbligini atroflicha anglashini ta‘minlaydi. Muammoning hali yetarli tadqiq qilinmagan jihatlarini qayd qilib, tadqiqot yо‗nalishini belgilash va kelajakda erishiladigan natijalarni ma‘lum darajada aniq kо‗ra olish hamda tadqiqot obyektini takomillashtirish yо‗llarini aniqlashga imkon beradi. Fanda qо‗yilgan muammoni о‗rganishga kirishar ekanmiz uning tarkibi, inson faoliyatidagi ahamiyati, ilmiy tadqiqotdagi о‗rni, qanday masalalarga daxldorligi, muammoni о‗rganish yо‗llari, vositalari, asoslanadigan prinsiplari, qisqa qilib aytganda, muammo mohiyatini yetarlicha bilmaymiz. Muammo obrazini ongda shakllantirish zaruratidan uning о‗zini alohida о‗rganishga, mohiyati va tarkibini tahlil qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammosi tashkiliy tizim bо‗lib, о‗ziga xos qator sifatlarga ega: eng avvalo, ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish didaktika va xususiy uslubiyat fanlari sohasida о‗tkaziladigan tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liq. Kompyuterli ta‘lim tashkiliy tizim sifatida tadqiqotchining irodasi, mahorati, raqamli texnologiyalardan foydalanish bо‗yicha egallagan bilimlari, orttirgan tajribasiga bog‘liq. Masalan, informatika 225 faning о‗quv predmetida raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun uning logikasi — о‗quv materiallarini о‗rganish tizimi, har bir mavzuga oid о‗quv elementlari ajratiladi, о‗quvchilarning real bilish imkoniyatlari о‗rganiladi. Shu asosda pedagogik dasturiy vositalarni yaratish xususiyatlari aniqlanib, ularni yaratishda о‗quvchilar faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish prinsiplari, usullari, vositalari, meyorlari ishlab chiqiladi. Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish tо‗g‘risida fikr yuritilganda uning ikki xil ma‘nosini farqlash kerak: 1. Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish faoliyati. Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish faoliyati pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash, yaratish, kompyuterning о‗zini ta‘limni amalga oshirishga tayyorlash kabi elementlardan iborat bо‗lib, ularning har biri о‗ziga xos vazifa va vositalarga ega. 2. Ta‘limni raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayoni. Bu ma‘noda ta‘limni raqamli texnologiyalardan foydalanishni mehnatga qiyoslasa bо‗ladi. Mehnat jarayonlariga о‗xshab ta‘limni raqamli texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq mehnat, mehnat vositasi, mehnat predmetidan iborat. Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish «inson-kompyuter» tizimini jamiyat hayotining barcha sohalariga jadal olib kirish shakllaridan biri hisoblanadi. Bunday tizimlar nazariyasiga kо‗ra inson faoliyati yetakchi komponent hisoblanib, kompyuter uni samarali amalga oshirish vositasi sifatida namoyon bо‗ladi. Inson faoliyatining kо‗pgina kо‗rinish va shakllari mavjud bо‗lib, ularning genetik jihatdan boshlang‘ich asosini mehnat faoliyati tashkil etadi. Uning tarixiy rivojlanishi natijasida boshqa faoliyat turlari, masalan, о‗yin, о‗quv, ilmiy izlanish kabilar kelib chiqqan. О‗quvchilarning о‗quv faoliyatini kompyuter yordamida tashkil qilish bu faoliyatning samarali natija berishiga imkon yaratadi. Shuningdek, ta‘limda raqamli texnologiyalarda foydalanish uzluksiz ta‘lim tizimini, qolaversa, jamiyatni axborotlashtirishning negizini tashkil etadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling