226
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rakhmonkulov F.P. Organizational-pedagogical
conditions for the
development of web-design competence in future informatics teachers // TJE -
Thematic
Journal
of
Education
ISSN
2249-9822,
7(4),
https://doi.org/10.5281/zenodo.7319122
2. Raxmonkulov F.P., Valiqulov B.S. Umumiy o‗rta ta‘lim
maktablarida
axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosi va uning tarkibi // «Ta‘lim
jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish muammolari»
mavzusidagi respublika ilmiy va ilmiy-texnik anjumani materiallari to‗plami (24
aprel 2017 yil) II qism Andijon 2017
PROFESSIONAL TA‟LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY
KO„NIKMALARNING SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR
Javlanbek Matchanov Yunusjanovich. Moliya vazirligi
huzuridagi O„quv markazi “Davlat moliyasi” kafedrasi
katta o„qituvchisi, tel: +998971561985,
e-mail: javlonbek1405@gmail.com
Annotatsiya: Zamonaviy jamiyat axborot texnologiyalarining inson
hayotining barcha sohalariga sezilarli ta'siri bilan tavsiflanadi.
Raqamli
transformatsiya jarayonlari o‗ziga xos tarzda ta‘lim muassasalariga,
jumladan,
professional (kasb-hunar ta‘limi) ta‘lim muassasalariga ham ta‘sir ko‗rsatadi.
Hozirgi vaqtda professional ta‘lim davlat siyosatida yuqori malakali ishchilarni
samarali tayyorlashga
ustuvor ahamiyat etib, mamlakat iqtisodiyoti sohasida
muhim o‗rin tutadi. Hozirgi vaqtda ishchilarning
kasbiy faoliyati elektron
qurilmalar, sun'iy intellekt tizimlari va boshqalar bilan ishlash bilan bog‘liq
intellektual komponentlikni o‗z ichiga oladi. Mehnat bozori monitoringi shuni
ko‗rsatadiki, XXI asrning malakali
xodimi tanqidiy fikrlash, axborotni tahliliy
qayta ishlash, mexatronika tizimlari bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‗lishi kerak.
O‗rta bo‗g‘in malakali ishchilarni tayyorlash bo‗yicha xorij tajribasi tahlili raqamli
ta'minot bo‗yicha bizning professional ta‘lim muassasalarining orqada qolganligini
ko‗rsatmoqda.
Binobarin, ta‘lim muassasalari uchun raqamli transformatsiya