Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta‟lim vazirligi


PROFESSONAL TA‟LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1285255
1   2   3   4   5
Bog'liq
ЖДПУ конференция-20.12.2022

PROFESSONAL TA‟LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN 
FOYDALANISH MUAMMOLARI
 
Yusupova Tursunoy Bekpo‘lat qizi 
Jizzax shaxar kasb-hunar maktabi 
 
Jamiyatda paydo bо‗lgan har qanday yangilik singari dasturlashtirilgan 
ta‘limning ijobiy tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud. Shunga 
qaramasdan, dasturlashtirilgan ta‘lim о‗quv-tarbiya ishlarida chuqur ijobiy 
о‗zgarishlarga sabab bо‗lmoqda. Mutaxassis va о‗qituvchilar о‗quv materialini 
tahlil qilishning yangi uslubiyatini о‗zlashtirib oldilar, о‗quv materiali bо‗yicha 
axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, sinash yagona tizimga 
aylandi. Ta‘limda amal qiladigan teskari aloqa yangicha ahamiyat kasb etdi. 
Mavzularni tо‗liq о‗zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy 
zamin yaratildi
Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammosi bо‗yicha qayd 
qilingan bilimlar va о‗tkazildigan tadqiqot, unda erishiladigan bilimlar о‗rtasidagi 
vorislikka rioya qilib, mohiyatdan voqelikka, voqelikdan mohiyatga о‗tishida 


224 
nazariy bilimlar rivojlanib kompyuterli ta‘limning yangi modelini asoslashga olib 
keladi. Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi singari insonning bilishi ham uzluksiz 
davom etadi. Shu yо‗l bilan о‗rganilayotgan obyekt tо‗g‘risidagi bilimlar 
kategoriyalarda mujassamlashib, nazariyaga aylanadi. 
Umumiy о‗rta ta‘limda fanni о‗qitishda raqamli texnologiyalardan 
foydalanish tо‗g‘risidagi tasavvurlarni umumlashtirish va ular asosida tadqiqotni 
davom ettirish ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammosining 
tarkibi, uning fanda qо‗yilishi, pedagogik amaliyotdagi о‗rni, uni hal etish 
konsepsiyasi kabi qator savollarga javobni taqozo qiladi.
Didaktik va uslubiy tadqiqotlarda, dastlab, о‗tkaziladigan tadqiqot, uning 
natijasida erishiladigan bilimlar, ayni holatda umumiy о‗rta ta‘limda fanlarni 
о‗qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammosining о‗zini, uning 
tarkibini о‗rganishda qator afzalliklar mavjud. Bunday tahlil tadqiqotchining 
muammo tо‗g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtirish, mavzu dolzarbligini atroflicha 
anglashini ta‘minlaydi. Muammoning hali yetarli tadqiq qilinmagan jihatlarini 
qayd qilib, tadqiqot yо‗nalishini belgilash va kelajakda erishiladigan natijalarni 
ma‘lum darajada aniq kо‗ra olish hamda tadqiqot obyektini takomillashtirish 
yо‗llarini aniqlashga imkon beradi. 
Fanda qо‗yilgan muammoni о‗rganishga kirishar ekanmiz uning tarkibi, 
inson faoliyatidagi ahamiyati, ilmiy tadqiqotdagi о‗rni, qanday masalalarga 
daxldorligi, muammoni о‗rganish yо‗llari, vositalari, asoslanadigan prinsiplari
qisqa qilib aytganda, muammo mohiyatini yetarlicha bilmaymiz. Muammo 
obrazini ongda shakllantirish zaruratidan uning о‗zini alohida о‗rganishga, 
mohiyati va tarkibini tahlil qilishga ehtiyoj tug‘iladi.
Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammosi tashkiliy tizim 
bо‗lib, о‗ziga xos qator sifatlarga ega: eng avvalo, ta‘limda raqamli 
texnologiyalardan foydalanish didaktika va xususiy uslubiyat fanlari sohasida 
о‗tkaziladigan tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liq. Kompyuterli ta‘lim tashkiliy tizim 
sifatida tadqiqotchining irodasi, mahorati, raqamli texnologiyalardan foydalanish 
bо‗yicha egallagan bilimlari, orttirgan tajribasiga bog‘liq. Masalan, informatika 


225 
faning о‗quv predmetida raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun uning 
logikasi — о‗quv materiallarini о‗rganish tizimi, har bir mavzuga oid о‗quv 
elementlari ajratiladi, о‗quvchilarning real bilish imkoniyatlari о‗rganiladi. Shu 
asosda pedagogik dasturiy vositalarni yaratish xususiyatlari aniqlanib, ularni 
yaratishda о‗quvchilar faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish 
prinsiplari, usullari, vositalari, meyorlari ishlab chiqiladi. 
Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish tо‗g‘risida fikr yuritilganda 
uning ikki xil ma‘nosini farqlash kerak:
1. Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish faoliyati. Ta‘limda 
raqamli texnologiyalardan foydalanish faoliyati pedagogik dasturiy vositalarni 
loyihalash, yaratish, kompyuterning о‗zini ta‘limni amalga oshirishga tayyorlash 
kabi elementlardan iborat bо‗lib, ularning har biri о‗ziga xos vazifa va vositalarga 
ega. 
2. Ta‘limni raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayoni. Bu ma‘noda 
ta‘limni raqamli texnologiyalardan foydalanishni mehnatga qiyoslasa bо‗ladi. 
Mehnat jarayonlariga о‗xshab ta‘limni raqamli texnologiyalardan foydalanish 
maqsadga muvofiq mehnat, mehnat vositasi, mehnat predmetidan iborat. 
Ta‘limda raqamli texnologiyalardan foydalanish «inson-kompyuter» tizimini 
jamiyat hayotining barcha sohalariga jadal olib kirish shakllaridan biri hisoblanadi. 
Bunday tizimlar nazariyasiga kо‗ra inson faoliyati yetakchi komponent hisoblanib, 
kompyuter uni samarali amalga oshirish vositasi sifatida namoyon bо‗ladi. Inson 
faoliyatining kо‗pgina kо‗rinish va shakllari mavjud bо‗lib, ularning genetik 
jihatdan boshlang‘ich asosini mehnat faoliyati tashkil etadi. Uning tarixiy 
rivojlanishi natijasida boshqa faoliyat turlari, masalan, о‗yin, о‗quv, ilmiy izlanish 
kabilar kelib chiqqan. О‗quvchilarning о‗quv faoliyatini kompyuter yordamida 
tashkil qilish bu faoliyatning samarali natija berishiga imkon yaratadi. Shuningdek, 
ta‘limda raqamli texnologiyalarda foydalanish uzluksiz ta‘lim tizimini, qolaversa, 
jamiyatni axborotlashtirishning negizini tashkil etadi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling