O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi


Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati


Download 0.79 Mb.
bet5/23
Sana05.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1277259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Kitob 3258

Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati sifatida shuni aytishimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasining bank tizimi va banklar faoliyatiga oid qonunlari, prezidentimizning bank tizimini isloh qilishga oid qaror va farmon, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O'zbekiston Markaziy bankining me'yoriy hujjatlari, o'zbekistonlik va xorijlik iqtisodchi olimlarning tijorat banklarining kredit siyosatiga oid ilmiy izlanishlari xizmat qiladi.
Amaliy ahamiyati shundaki, undagi alohida amaliy takliflar mamlakatimizning tijorat banklari faoliyatida moliyaviy barqarorlikni boshqarishni takomillashtirish tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.
Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligining boshqaruvini to‗g‗ri tashkil qilsak, banklarning faoliayti davomidagi turli darajadagi risklarni oldini olgan bo‗lamiz. Chunki banklar iqtisodiyotning qon tomiri ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalarni o‘z ichiga oladi. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi tijorat banklarida moliyaviy barqarorlikni boshqarishning nazariy asoslari, ikkinchi bobda bugungi kunda respublikamiz tijorat banklarida moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari tahlili yoritilgan, uchinchi bobda esa tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini boshqarishni takomillashtirish masalalari keltirilgan. Shu asosda xulosa va takliflar qismida mavzu yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

1-BOB. TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI


    1. Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligining nazariy asoslari

Zamonaviy sharoitda o'z aktsionerlari, xodimlari, omonatchilari va kreditorlari manfaatini ta'minlash va bir vaqtning o'zida davlat nazorat organlari tomonidan bank siyosatiga, shuningdek kredit va investitsion operatsiyalarni olib borishga nisbatan qo'ygan talablarini bajarish vazifasi banklar uchun ma'lum qiyinchiliklarni tug'diradi. So'nggi yillarda bank tashkilotlari sonining ko'payib borishi oqibatida ular mahalliy va jahon pul va kapital bozorlariga chiqishga majbur bo'lishmoqda. Ko'pgina holatlarda mahalliy bozordan jalb qilingan depozitlarning o'sib borishi ham mijozlarning kredit mablag'lari va yangi xizmatlarga bo'lgan talabini to'liq qondira olmayapti. Mablag'larni jalb qilish uchun kapital va pul bozoriga chiqish bank hisobotlarining investorlar va aholi tomonidan chuqur o'rganilishini talab etadi. Bu esa bank rahbariyatini qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'lidagi ishlarini faollashtirishni taqozo qiladi. Ana shunday chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida tijorat banklari moliyaviy barqarorligini samarali boshqarishga erishadi.


Shuningdek, banklarning omonatchilari va qarzdorlari uchun raqobat kurashining kuchayib borishining guvohi bo'lmoqdamiz. Bankirlar doimiy ravishda kredit va depozitlar, kengayish va o'sish rejalarini qayta ko'rib chiqishga, yangi raqobatchilik muhitida daromadlilik va risk darajasini baholashga majburdirlar. Vaziyat banklar o'rtasidagi bankrotlik holatlarining uchrab turishi bilan yanada og'irlashgan. Bunday bankrotliklarning aksariyat qismi boshqaruvdagi xatoliklar, jinoyatchilik, iqtisodiy vaziyatning nobarqarorligi oqibatida kelib chiqqan. Bunday holat banklarni boshqarish masalasiga yangicha yondashish va noan'anaviy usullarni joriy etilishini, shuningdek, bank faoliyatining va uning xizmatlarining jozibadorligini oshirishda uning moliyaviy barqarorligining samarali boshqaruvini tashkil etishni taqozo qiladi.
Moliyaviy barqarorlik borasidagi ilmiy izlanishlar tarixi 1 asrdan oshiqroq davrni o‘z ichiga oladi. Birinchi bo‘lib banklar barqarorligi tahlilini Garvard Universiteti Bank ishi va Moliya fakulteti Asisstent Professori Oliver M. W. Sprague o‘z monografiyasida amalga oshirgan. Monografiyada asosiy e‘tibor depozitorlar ishonchini shakllantirish usullari va ushbu muammoga yetarlicha e‘tibor berilmagandagi uning oqibatlariga; depozitorlar ishonchini qozonishning sifat ko‘rsatkichlari hamda usullariga qaratilgan edi. Umumiy olganda, bunday usullar o‘zgaruvchan xarakterga ega, ya‘ni bu borada oldindan ma‘lum reja va usullar ishlab chiqilishi bir muncha qiyin ish. Shunday bo‘lsada, o‘tgan asr davomida fanda moliyaviy barqarorlikni boshqarish xususida bir qancha usul va mezonlar shakllandi hamda ularning kompyuterga asoslangan mukammal usullari so‘nggi bir qancha o‘n yillik mobaynida keng miqyosda foydalanilib kelinmoqda. Doimiy ravishda berib boriladigan Yevropa Markaziy Banki va Xalqaro Hisob- kitob Bankining moliyaviy barqarorlikni baholash usullari bo‘yicha tadqiqot natijalarida ko‘rish mumkinki, barqarorlikning boshqaruv metodologiyasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga asosiy e‘tiborni qaratadi.
YMB (Yevropa Markaziy Banki) moliyaviy barqarorlik tahlili vositalarini 3 guruhga ajratadi4:

  • umumtarmoq uzilishlarning kelib chiqish manbalarini aniqlash

  • og‘ir moliyaviy tanglik sharoitida real iqtisodiyotga qilinishi mumkin bo‘lgan potensial xarajatlarni baholash

  • moliyaviy institutlar tarmog‘ining sinuvchanligi

Shuningdek, Irving Fisher Qo‘mitasi bayonnomasida moliyaviy barqarorlikni baholash mezonlarini yaratishda markaziy banklar tomonidan ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar, yagona umumiy o‘lchovlar atroflicha keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, iqtisodiy sektorlar xarakteriga qarab 6 guruhga ajratilgan:

      1. Real sektor (Sanoat)

      2. Korporativ tarmoq riskliligi



4 Panoeconomicus, 2014, 3, pp. 349-367 UDC 336.71:330.13 Received: 07 February 2012;
Accepted: 17 October 2013.

      1. Uy xo‘jaligi tarmog‘ining sog‘lomliligi

      2. Tashqi sektor

      3. Moliyaviy sektor

      4. Moliyaviy bozorlar

Jahon Banki saytida keltirilib o‘tilgan ta‘rifga ko‘ra moliyaviy barqarorlik – bu moliyaviy tizimning moliyaviy tanglikka moslashuvchanligi va chidamliligidir.5 Moliyaviy nobarqarorlik banklar sinishi, giperinflyatsiya yoki fond bozori
inqirozi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida keltirib o‘tilganidek, barqarorlikni o‘lchashning bir qancha usullari mavjud, jumladan, z-score usuli, Merton modeli (aktivlar qiymati modeli), KMV modeli, to‘lovsizlik masofasi (The Distance to Default) va boshqalar.
Masalan, z-score usuli. Bu usulda bankning to‘lovga qobillilik riskini aniqlash maqsadida kapitalizatsiya va risk (kapital qaytim qo‘nimsizligi) solishtiriladi. Ya‘ni:
z ≡ (k+µ)/σ
Bunda,
k – kapital, aktivlarga nisbatan foiz ko‘rinishida µ – qaytim, aktivlarga nisbatan foiz ko‘rinishida
σ – aktivlar qaytimining standard og‘ishi, qaytim qo‘nimsizligi qiymati ko‘rinishida
Bizning mamalakatimizda ham bu borada bir qator qarorlar ishlab chiqilgan va tijorat banklari uchun ushbu masalani to‘g‘ri hal etishga zarur asos yaratib berilgan.
Bulardan biri 2015-yil 6-mayda O‗zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining
«Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ–2344-sonli qaroridir.
Qaror bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag‗batlantirish,
5 http://www.worldbank.org – Jahon Banki sayti ma‘lumotlari asosida
shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me‘yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta‘minlash maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‗zbekiston Banklar uyushmasi va mamlakatning tijorat banklari bilan birgalikda Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada oshirish, ularning resurs bazasini rivojlantirish maqsadida:

  • xalqaro me‘yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo‗yilayotgan me‘yoriy talablarni yanada takomillashtirish;

  • tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo‗li bilan aholi va xo‗jalik subyektlarining bo‗sh pul mablag‗larini bank aylanmasiga keng ko‗lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

  • yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‗rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomillashtirish;

  • ilg‗or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda ko‗rsatilayotgan bank xizmatlari ko‗lamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob- kitoblar tizimini kengaytirish bo‗yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar ma‘qullandi.

Qarorga muvofiq imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‗armasining resurslari hisobidan berilgan kreditlar orqali tijorat banklari oladigan daromadlari, bo‗shayotgan mablag‗larni mazkur Jamg‗arma resurslarini oshirish uchun maqsadli yo‗naltirish sharti bilan, foyda solig‗ini to‗lashdan 5 yil muddatga; Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‗yxatlar bo‗yicha, dasturiy ta‘minot, bankomat va plastik kartochkalar orqali to‗lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarni import bo‗yicha olib kirilganida tijorat
banklari boj to‗lovlarini to‗lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‗imlaridan tashqari) 2020 yilning 1 yanvariga qadar ozod etildi.
Mamlakatimiz banklarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va uning xalqaro bozorda o‘z o‘rniga erishish borasida ko‘rilayotgan chora- tadbirlarning yana bir huquqiy-me‘yoriy bazasi – ―2011-2015 yillarda moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida‖gi 1438-sonli Prezident Qarori hisoblanadi. Unda respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun moliya-bank tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan o‘zgartirish, hamma tomonidan qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar va baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqoriroq darajasiga chiqishni ta‘minlash maqsadida:
Quyidagilar respublikaning moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlar talablariga muvofiq, tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, resurs bazasini ko‘paytirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish

  • omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish va bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibali omonatlar va depozitlarni tatbiq etish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan aholi hamda xo‘jalik sub‘ektlarining bo‘sh mablag‘larini bank aylanmasiga keng jalb etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish

  • yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan hamda alohida banklar va umuman bank tizimining butun dunyoda qabul qilingan yanada yuksakroq baholash ko‘rsatkichlari darajasiga chiqish yo‘lidan olg‘a siljib borishini xolisona baholash

imkonini beradigan tijorat banklari va butun moliya-bank tizimi faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish;

  • moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me‘yoriy hujjatlar qabul qilish;

  • tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini yanada kengaytirish, loyihalarni ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzlarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida oldini olish choralarini ko‘rish yo‘li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o‘sishi hamda sifati yaxshilanishini ta‘minlash;

  • nobank moliya tashkilotlari, lizing, sug‘urta va auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta‘minlash, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turi va ko‘lamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi institutlarini mustahkamlash;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirishning, aholi bandligi va farovonligini oshirishning g‘oyat muhim vositasi sifatida mikromoliyalash sohasi rivojlanishini rag‘batlantirish;

  • tijorat banklarida hisob-kitob va hisobotlarning yangicha yondashuvlarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalari va uslublarini joriy qilish, moliya- bank axboroti saviyasi hamda sifatini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng ko‘lamda foydalanishni ta‘minlash;

  • Respublika tijorat banklari va moliya institutlarini dunyoda qabul qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash ko‘rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Banklari uyushmasi, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlarining 2011-2012 yillarda bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini, shuningdek nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich tatbiq etib borish to‘g‘risidagi takliflar ishlab chiqildi, ularda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • tijorat banklarining kapitali etarliligiga nisbatan talablarni oshirish;

  • tijorat banklari kapitali tarkibida ularning inqiroz holatlari ta‘siriga barqarorligini ta‘minlaydigan barqarorlashtirish zaxiralarini yaratish;

  • nobank kredit tashkilotlari uchun qo‘shimcha majburiy iqtisodiy normativlarni kiritish.

Tijorat banklari ixtiyoriga o‘tgan bankrot-korxonalarning mulki negizida tashkil etilgan xo‘jalik sub‘ektlari strategik investorlarga sotilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19- noyabrdagi F-4010-sonli farmoyishi 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega. Shuningdek, respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar 2011-yilning 1- yanvaridan boshlab 2 yil muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Hammamizga ma‘lumki, O`zbekiston Prezidentining ―O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida‖gi farmoni loyihasi muhokamaga qo`yilgan edi. Hujjatda 2017-2021 yillar oralig`ida O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda iqtisodiyot, xususan, bank tizimini ham isloh qilish qamrab olingan.
Strategiya quyidagi beshta ustuvor yo`nalishdan iborat:

  • demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizasiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni

tartibga solish borasidagi funksiyalarini qisqartirish, «yagona oyna» tamoyili bo`yicha davlat xizmatlarini ko`rsatish tizimini keng joriy etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo`lida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

  • sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta`minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to`laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga e`tiborni yanada kuchaytirish;

  • iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o`sish sur`atlarini saqlab qolish, etakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizasiya va faol diversifikasiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investisiyalarni faol jalb etish, turizm tarmog`ini samarali rivojlantirish, qishloq xo`jaligida tarkibiy o`zgartirishlarni amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

  • ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi bandligini ta`minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon uy-joylar bilan ta`minlash, uy-joy va kommunal xo`jaligini, sotsial infratuzilma ob`ektlarini modernizasiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog`liqni saqlash, ilm-fan, ta`lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo`lida ijtimoiy sohani rivojlantirish;

  • davlatning mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo`shnichilik muhitini vujudga keltirish, jahon hamjamiyatida mamlakatimizning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo`lida

xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish hamda chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish.
Ushbu ―Harakatlar strategiyasi‖ning 3-ustuvor yo‘nalishi iqtisodiyotga bag‘ishlangan bo‘lib, unda bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta'minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish haqida ta‘kidlab o‘tilgan.



    1. Download 0.79 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling