О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari
Modellashtirish
Ko‗zatish, so‗roq, ekseriment yoki boshqa usullar yordamida o‗rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda modellashtirish usuli qo‗llaniladi. Bunda o‗sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy arametrlari modellashtirilib, o‗sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‗rganiladi va xulosalar chiqariladi. Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo‗lishi mumkin. Matematik model asosida o‗rganilgan hodisaga mashhur tadqiqotchilar Veber- Fexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to‗langan ma‘lumotlar tahlilini misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko‗incha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish tamoyillari bilan qiyoslash orqali to‗zilgan g‗oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g‗oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik rogrammalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko‗gina murakkab shaxs xususiyatlari ham dasturlashtirilgan bo‗lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko‗gina sifatlarni ko‗lab arametrlar nuqtai nazaridan hisoblab, natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko‗pincha matematik o‗yinlar g‗oyasi odamlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar sohasini o‗rganishda ham qo‗llanilmoqda. Ma‘lum bo‗lishicha, odamning fikrlash operatsiyalari bilan EHM larning ishlash tamoyillari o‗rtasida ma‘lum uyg‗unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu zakovati chegarasini yanada kengpaytirish istiqbolini beradi. Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o‗ziga xos metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini komleks tarzda o‗rganish imkonini beradi. Ga shundaki, ularni o‗z vaqtida va professional tarzda qo‗llay bilish va olingan natijalardan to‗g‗ri xulosalar chiqara olishdir. «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada birlikdan iborat bo‗lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o‗zi ham shaxsning tuzilishini kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va «shaxs» tushunchalari singari) aynan bir-biriga o‗xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida, individnnng sistemasi tarzidagi sotsial fazilat sifatida qaraladigan G‗arb psixologiya shaxs bilan individuallikning strukturasi bir-biriga tamomila mosligi tan olinadi. Bunday psixologik maktablar va yo‗nalishlarning vakillari individuallikning tuzilishi aniq ta‘riflab berilsa bas, bukishining shaxsini to‗laligicha o‗z ichiga oladiva ta‘riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari surishadi. Jumladan, psixologlar maxsus shaxsiy so‗roqnomalarni qo‗llashadi (bular sinaluvchining o‗ziga, o‗zining individual-shaxsiy fazilatlariga o‗zi baho berishini taklif etadigan savollardan tashkil topgan o‗ziga xos anketalardir). Ulardagi javoblar mazmunini tahlil qilgan va so‗roq natijalarini matematik amallar vositasida qayta ishlagan holda tadqiqotchi biron bir hislatning (tipning) ana shu hislatga mos keladigan darajasida namoyon bo‗lishining sonlar bilan ifodalanadigan belgisiga ega bo‗ladi. Lekin bunday metodlar yordamida nari borsa kishining individualligi tavsiflanishini tasavvur qilish mumkin. Biroq kishi jalb etilgan ijtimoiy munosabatlarning «yaxlit birligida» shaxsni har tomonlama tavsiflab bo‗lmaydi. Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o‗zining aniq sotsial muhiti bilan «haqiqiy munosabatlari» subyekti sifatida namoyon bo‗lishi inobatga olinadigan bo‗lsa, «shaxsning tuzilishiga aniq sotsial guruhlar va jamoalar faoliyati va munosabatida tarkib topadigan ana shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar muqarrar tarzda kiritilishi shart. Jumladan, psixologiyada individuallikning ko‗gina hislatlari- moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, mayillik darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniqlantandir. Bular jamlanib individning o‗ziga xosligini ko‗rsatadi. Bu psixologik hodisalar o‗z mohiyatiga ko‗ra o‗zaro munosabatda bo‗lib, oshkorayoki oshkora bo‗lmagan holda allaqanday muhitning mavjudligini taqozo etadi. Shaxs itxn ana shunda muhitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik tashvishlanish va hokazolarni namoyon qiladi. Bordiyu, agar ‗damlarning individual fazilatlari bu tadqiqotlarda izchil, o‗zgaruvchan, rang-barang mazmunli tarzda namoyon bo‗lsa,- u holda sotsial muhit o‗zgarmaydigan, shakllanmagan (amorf), mazmuksiz, «umuman muhit» sifatida tasavvur qilinadi. Sotsial muhitnnng «shaxs-muhit»dan iborat o‗zaro munosabatiga qiyosan anhana bo‗lib qolgan mexaiistik tarzda talqin qilinishi muhitni yo faol shaxsning o‗z kuch-g‗ayratlarini ishga soladigan mpaydon sifatida, sxud guruh tarzida shaxsga tazyiq ko‗rsatuvchi kuch sifatida izohlaydi. Shaxsning va uni qurshab turgan sotsial muhitning o‗zaro birgalikdagi harakatining faol xususiyati to‗g‗risidagi tasavvur g‗arb fanida na shaxs psixologiyasining nazariy qismlari to‗qimalariga va na shaxsni tadkiq etishning psixologik metodlariga kiritilmagandir. Lekin sotsial muhitga nisbatan «umuman muhitga» bo‗lgani kabi yondashuv shaxs yashaydigan, harakat qiladigan va rivojlanadigan hamda sotsial jihatdan bir- biriga bog‗liq o‗zaro munosabatlar sistemasiga dahli bo‗lmagan umuman shaxs haqidagi nazariy tasavvurni keltirib chiqardi. G‗arbning an‘anaviy shaxs psixologiyasi qurol qilib olgan barcha shaxsiy so‗roqnomalar o‗sha shakllanmagan (amorf) sotsial muhitga qarab tuzilgan bo‗ladi. Shu bilan birga aniq sotsial guruh sharoitlarida indnvidual-psixologik fazilatlar shaxsning unga hamisha ham mos kelavermaydigan fe‘l-atvori shaklida mavjud bo‗ladi. Kishining individualligi birgalikdagi aniq faoliyat va munosabatning guruh rivojlanishining muayyan darajasi uchun xarakterli bo‗lgan sharoitlarida jiddiy ravishda qayta o‗zgaradi. Bunday sharontlarda individual-psixologik xususiyat shaxsiy fazilat, shaxslararo munosabatning jihati sifatida o‗zgaradi. Bu gipoteza hozirgi aytda tekshirilgan va qator aniq ilmiy ishlarda tasdiqlangan. Bir tadqiqotning vazifasi, jumladan, yuqorida ko‗rsatilgan gipotezani shaxsnnng hislati sifatidagi gaga ko‗nish (moslashuvchanlik) ‗datiga moslab, shunnngdek bunda qarama-qarshi hodisaga guruhdagi shaxslararo munosabatlarning hodisasi sifatida jamoaning o‗zini o‗zi belgilashiga moslab tekshirishdan iborat qilib qo‗yilgan edi. Gipoteza tajribaning quyidagicha tartibida aniqlashtirildi. Real tarzda mavjud bo‗lgan bir qancha guruhlar guruh tarzida rivojlanishning hali uyushmagan guruhdan tortib to jamoaga qadar darajalar ierarxiyasini hosil qiladi. Har bir guruhda sinaluvchilarning uchdan bir qismiga yaqini, tajriba mahlumotlariga qaraganda, guruhning uyushganligi darajasiga bog‗liq bo‗lmagan holda ahamiyatsiz vaznyatda moslashuvchanlnkka mayillik ko‗rsatishdi. Shaxsiy so‗roqnomalarning ma‘lumotlari ham ana shundan dalolat beradi. Hamma ga sinaluvchilar rivojlanish darajasi har xil bo‗lgan guruhlarda jamoaning o‗zini-o‗zi belgilash hodnsasini aniqlash maqsadida o‗tkaziladigan tajriba sharoitida o‗zlarini qanday tutishlarida edi. Tajriba mahlumotlari rivojlanish darajasi har xil bo‗lgan va o‗zlariga nisbatan uncha ahamiyatsiz taosir o‗tkazilganda guruh tarzidagn tazyiqqa ko‗nadm degan xulosaga kabi xususiyati borligini, yaoni jamoa qadriyatlarni himoya qila borib, guruh tarzidagi tazyiqqa yon bermaslik kabi qobiliyati mavjudligini ko‗rsatnshinn tasdiqladi. Boshqacha so‗z bilan aytganda, gaga ko‗nish kabi individual-psixologik fazilat jamoa a‘zosi sifatida individning shaxsida tubdan o‗zgarib qolishi mumkin. Guruhlarga kiradigan individlar jamoaning o‗zini-o‗zi belgilash kabi xususiyati borligini, yaoni jamoa qadriyatlarni himoya qila borib, guruh tarzidagi tazyiqqa yon bermaslik kabi qobiliyati mavjudligini ko‗rsatnshinn tasdiqladi. Boshqacha so‗z bilan aytganda, gaga ko‗nish kabi individual-psixologik fazilat jamoa a‘zosi sifatida individning shaxsida tubdan o‗zgarib qolishi mumkin. Boshqa tadqiqotlarda kishi individualligining ekstraunitivligi (o‗zining xususiy muvaffaqiyatsizliklari uchun aybni boshqa ‗damlarga ag‗darish mayli) kabi belgisi yaxshi jamoa a‘zosining fe‘l-atvoriga xos bo‗lish-bo‗lmasligi, yaoni bu uning shaxsida muqarrar namoyon bo‗lish-bo‗lmasligi aniqlandi. oldiniga maxsus shaxs testi yordamida ekstraunitivligi yaqqol sszilib turgan sportchilar (sportning o‗ynaladi ga turlariga oidkomandalarning a‘zolari orasida ular juda ham ko‗chilik edi) guruhi aniqlandi. Individuallikning ushbu belgisi ular uchun etakchi hisoblanmish sport faoliyatida ularning shaxsiga oidfazilatlarni aniq ko‗rsatib beradigandek tuyuladi. Haqiqatda esa sportchilarning yaxshi uyushgai guruhlarida (haqiqiy jamoalarda), shaxsiy test ma‘lumotlariga bin‘an ekstraunitiv shaxslar o‗z komandasi a‘zolariga nksbatan jamoaning aynan bir xil bo‗lib qolishiga qaratilgan munosabatda bo‗la boshlashibdi, yaoni shaxsnig ekstraunitiv belgisiga tamomila qarama-qarshi fazilatni namoyon qilishibdi, Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga qaraganda keng ekanligi shubhasizdir. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini ko‗rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada qobiliyatlarda va hokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishinigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo‗lgan guruhlarda, ana shu guruh uchun etakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o‗zini namoyon etishini ham qo‗shish shart. Psixologiyasi nuqtai nazaridan olganda, individuallik tarzidagi shaxsni tadqiq etish natijasida olingan ma‘lumotlar individlararo munosabatlar subyekti sifatidagi shaxsning ta‘rifiga bevosita kuchirilishi mumkin emas: individul-tipik xususiyat shaxs yashayotgan va shakllanayotgan birlikning rivojlanishiga va individlararo munosabatlarning bilvosita ifodasn hisoblangan faoliyatning xarakteri, qadriyatlari va maqsadlariga bog‗liq tarzda jiddiy ravishda turli xil ko‗rinishda namoyon bo‗ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling