О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana07.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1338634
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari



О‗ZBEKISTОN RESPUBLIKASI 
ОLIY VA О‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
FARG‗ОNA DAVLAT UNIVERSITETI 
PEDAGОGIKA- PSIXОLОGIYA FAKULTETI 
PSIXОLОGIYA KAFEDRASI 
UMUMIY PSIXOLOGIYA 
FANIDAN O‗QUV-USLUBIY MAJMUA 
Bilim sohasi: -200000- Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
Ta‘lim sohasi: - 310000- Ijtimoiy va xulq- atvorga mansub fanlar
Ta‘lim yo‗nalishi: - 60310900 - Psixologiya (faoliyat va turlari bo‗yicha) 
FARG‗ОNA-2022 


Fanning o‗quv-uslubiy majmuasi o‗quv dasturi, ishchi o‗quv reja va sillabusga 
muvofiq ishlab chiqildi. 
Tuzuvchilar:
Zakirova Muxabbat Sabirovna – FDU Psixologiya kafedrasi katta o‗qituvchisi 
Pulatova Gulnoza Murodilovna
– 
FDU Psixologiya kafedrasi o‗qituvchisi 
o‗qituvchisi 
Taqrizchilar:
Isaqova M.T –FDU psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologoya fanlari nomzodi 
M.Xalimova- AnDU psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.n, dotsent
Fanning o‗quv-uslubiy majmuasi psixologiya kafedrasining 2022 yil ―_________‖
dagi ―___‖ - son yig‗ilishida muhokamadan o‗tgan va fakultet kengashida 
muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. 
Kafedra mudiri:____________ Isaqova M 
Fanning o‗quv-uslubiy majmuasi Pedagogika fakultet kengashida muhokama 
etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2022 yildagi _____ -sonli bayonnoma). 
Fakultet kengashi raisi: _____________ U.Q. Maqsudov 
 
 
 


 
O‘quv materiallari 
1-mavzu. Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari 
Reja: 
1. Metodologiya ilmiy metodlar nazariyasi sifatida.
2. Shaxsni o‗rganish.
3. Psixologiya tarixida shaxsning o‗rni. 
4. Shaxsni baholash.
5. Faollik printsipi va unga doir uch yondashuv (N.A. Bernshteyn, P.K. Anoxin, 
D.N. Uznadze, A.N. Leontev.
6. Shaxs psixologiyasi, ko‗p qirraligi.
7. Individ,shaxs,individuallik. 
8. Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o‗rganilishi.
Tayanch iboralar: individ, shaxs, individuallik, shaxs faolligi, shaxs tuzilishi, 
interindivid, intraindivid, metaindivid, endopsixika, ekzopsixika, kuzatish metodi, 
so‗roq metodi, test metodi, ekseriment metodi, modellashtirish metodi, anketa 
metodi, faoliyat mahsulotlarini o‗rganish metodi, validlik. 
Shaxs tushunchasi keng va ko‗p qirralidir. Mehnat qila olish ko‗nikmasining 
mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan 
kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va 
xususan o‗zini o‗rganish va faol tarzda qayta o‗zgartirish jarayonining subyektga 
aylanmoqda. Shu o‗rinda haqli bir savol tug‗iladi, ya'ni shaxs, individ, 
individuallik tushunchasining o‗zaro bog‗liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun 
mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning 
uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to‗xtalish lozim. 
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" 
tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‗ilgan 
chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, 
yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda 
yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ 
tushunchasi 
professor 
E.G‗ozievning 
"Umumiy 
psixologiya" 
darsligida 
tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson 
zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog‗lom 
odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‗q oddiy malakalarni o‗zlashtira olmaydigan 
aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling