О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana07.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1338634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari

Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning 
subyekti bo‘lmish individdir. Shaxsga taaluqli bo‗lgan eng muhim tasnif ham 
uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, 
ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo‗lishliqdir. 
Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o‗z zimmasiga olgan vazifalari 
va rollari qanchalik rang-barang bo‗lmasin, turmushdagi mavqei ko‗p ma‘no, ko‗p 
kirrali xususiyatga ega bo‗lishidan qat‘i nazar, inson shaxsiga to‗la moe keladigan 
haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat 
uning o‗ynaydigan asosiy rollarini, egallagai mavqeining individualligini namoyon 
qiluvchi motivlarini aniqpash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy 
boyliklarni o‗zlashtirishga nisbatan munosabatini o‗rganish orqali beriladi. 
O‗zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, 
mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol 
qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. 
Jahon psixologiya fanining ilg‗or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining 
tajribasida ko‗rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, 
xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, akliy krbiliyatlari
iste‘dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu 
kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-xida odamda betakror


barqaror, turg‗un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o‗z ntsvbatida shaxeni psixologik 
tuzilishining nisbiyligi, qatьiyligi, stereotipligi to‗g‗risidagi fikrni kat‘iy 
tasdiklashga imkon yaratadi. 
Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) 
uzluksiz ravishda o‗zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam 
o‗z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvornida o‗zgarishi, yoshni ulg‗ayib 
borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta‘sir asosida) muayyan 
darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barkarorlik odam qat-nashadigan 
uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg‗unliqtsa 
shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig‗indisining doimiyligi bilan uzviy 
bog‗likdir. Biroq biz qayd qilib o‗tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki 
shaxsni psixik tuzilishining o‗zgarishi jahon psixologlarining bir qator 
tadqiqotlarida o‗rganilgan. Bu o‗zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga 
oshiradigan faoliyatida namoyon bo‗duvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta‘sir, tarbiya 
sharoitiga bevosita alokadordir. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling