О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Endopsixika" va "ekzopsixika
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning
individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o‗ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‗indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o‗ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‗zida mujassamlashtirgan odam yo‗q, inson shaxsi o‗z individualligi jihatidan betakrordir. "Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha. Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi. Shaxs tuzilishi bilan bog‗liq bo‗lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi binobarin, ushbu bo‗laklarning yig‗indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanida psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli jihatlariga asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar. Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning voqelikka ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo‗lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha endo ichki degan ma'noni bildiradi) degan g‗oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko‗ra, "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o‗zaro bog‗liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixika" aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "endopsixik" qismi bo‗lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama- qarshi bo‗lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" o‗z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo‗r berish xislatlarini ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o‗z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi. Tabiiy asosga ega bo‗lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog‗liq bo‗lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. Ta'kidlab o‗tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o‗tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. qo‗sh omillik nazariyasi tadqiqotchilari tajribalarida 80-130 sm balandlikdagi odamning shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish uchun o‗rganilgan. Buning natijasida ular shaxsi tuzilishida ko‗p xislatlari o‗xshashligi topilgan. Bunday odamlarning past (pakana) bo‗lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo‗q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi bolalarga xos kulguni hech bir tanqidsiz, o‗ta soddalikni, muayyan darajada emosional (hissiy) zo‗riqishni namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkin. Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na "ekzopsixika" qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning mahsuli bo‗lib ular bo‗yicha nisbatan o‗z tengqurlari o‗rtasidagi farq aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo‗lishi, tarkib topishining takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta'kidlab o‗tish joizki, mitti odamlarga bo‗ydor kishilarga qaraganda boshqacha munosabat - ularni pisand qilmaslik, kamsitilish, ular ham barcha kabi narsalarni his qilishi, orzu qilishi, ajablanishi, jayron qolishi sababli ularda shaxsning o‗ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, xatto o‗zlariga nisbatan tajovuzkorona yo‗l tutish-larini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti o‗zlari bilan bap-baravar bo‗yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda ham tevarakatrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar sifatlar mujasassamlashishi mumkin bo‗lar edi. Taraqqiyparvar (gumanistik) psixologiya fanida ta‘kidlanganidek, shaxs tuzilishidagi tabiiy, organik jihatlar va holatlar uning ijtimoiy shart-sharoitlariga bog‗liq tarkibiy qismlaridir. Shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomik-fiziologik va boshqa sifatlar) va ijtimoiy omillar yaxlit birlikni tashkil qiladi va ular hech mahal ixtiyorsiz ravishda bir-biriga qarama- qarshi qo‗yilishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Shunday qilib, ilmiy psixologiya fanida barcha kategoriyalarga umumbashariy, umuminsoniy tamoyil nuqtai nazardan yondashish shaxs tuzilishida tabiiy (biologik) va ijtimoiy (sotsial) omillar rolini tan oladi, inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy vokeliklarni atigi shular-ning negizida qarama-qarshi qo‗yishga tanqidyy munosabatda bo‗ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling