О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana07.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1338634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari

Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik 


shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga 
egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun 
imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining 
rivojlanishi uchun imkoniyat tug‗diradi, qo‗llarining shakli shamoyili mehnat 
qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko‗rsatadi. Yuqorida 
aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va 
bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida 
tushuntirish lozim. 
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy 
muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o‗ta bahsli 
fikrdir. Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani 
o‗zlashtirish jarayoni odamning o‗zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning 
bilan qanday maqsad ko‗zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy 
dunyosi orqali namoyon bo‗ladi. Odatda, faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, 
muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko‗nikmalarida ko‗zga tashlanadi. 
Boshqacha so‗z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-muhitdagi voqelikni 
egallashga intilgan sa‘y-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o‗z 
istiqboli uchun yo‗l-yo‗riq tanlashda, uni o‗zlashtirishda, hayotda o‗z mavqei va 
o‗rnini topishda gavdalanadi. 
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har 
xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkonitiga ega. Hayotda biron bir tanbeh 
berishning o‗zi kimdadir ruhiy hisni uyg‗otsa boshqa birining sirtiga ham 
yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta‘sir qiluvchi barcha tashqi 
qo‗zg‗atuvchilar ijgimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari 
(tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig‗indisi bilan boyitilishi 
evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo‗ladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling