О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana07.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1338634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari

Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning 
individualligidir, ya‘ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning 
shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi
Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, 
hukmron xususiyatlar yig‗in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, 
dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar 
kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‗xshash tarzda aks ettiruvchi 
inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg‗u-alam, uning 
bilan birga esa hayotda tiklab bo‗lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar 
murakkab voqelikning mangulikka yo‗nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs 
o‗zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, 
ta‘lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‗zining kuchli va kuchsiz jihatlari 
bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. 
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‗pincha, ularda har xil 
vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi, o‗zaro xech bir o‗xshamagan rollarni ijro 
etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo‗ravon» bola o‗z 
tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o‗zini tamoman boshqacha 
tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaktida boshqalarga 
qo‗shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va xamkorlikda
ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan 
masalalardan bitta odamning o‗zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga 
qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, 
sharoitlarga moe, ularga mutanosib bo‗lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, 
uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu 
singarilarida o‗z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki 
o‗zaro hamohang tarzda o‗ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining
sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‗rsatuvchi alomatlardan biri 
bo‗lib, 
undagi 
qarama-qarshilik, 
ziddiyat 
va 
shakllanib 
ulgirmagan 
xususiyatlarning ko‗rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning 
o‗zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling