О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari
О‗ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA О‗RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI FARG‗ОNA DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGОGIKA- PSIXОLОGIYA FAKULTETI PSIXОLОGIYA KAFEDRASI UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN O‗QUV-USLUBIY MAJMUA Bilim sohasi: -200000- Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta‘lim sohasi: - 310000- Ijtimoiy va xulq- atvorga mansub fanlar Ta‘lim yo‗nalishi: - 60310900 - Psixologiya (faoliyat va turlari bo‗yicha) FARG‗ОNA-2022 Fanning o‗quv-uslubiy majmuasi o‗quv dasturi, ishchi o‗quv reja va sillabusga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchilar: Zakirova Muxabbat Sabirovna – FDU Psixologiya kafedrasi katta o‗qituvchisi Pulatova Gulnoza Murodilovna – FDU Psixologiya kafedrasi o‗qituvchisi o‗qituvchisi Taqrizchilar: Isaqova M.T –FDU psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologoya fanlari nomzodi M.Xalimova- AnDU psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.n, dotsent Fanning o‗quv-uslubiy majmuasi psixologiya kafedrasining 2022 yil ―_________‖ dagi ―___‖ - son yig‗ilishida muhokamadan o‗tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri:____________ Isaqova M Fanning o‗quv-uslubiy majmuasi Pedagogika fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2022 yildagi _____ -sonli bayonnoma). Fakultet kengashi raisi: _____________ U.Q. Maqsudov O‘quv materiallari 1-mavzu. Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari Reja: 1. Metodologiya ilmiy metodlar nazariyasi sifatida. 2. Shaxsni o‗rganish. 3. Psixologiya tarixida shaxsning o‗rni. 4. Shaxsni baholash. 5. Faollik printsipi va unga doir uch yondashuv (N.A. Bernshteyn, P.K. Anoxin, D.N. Uznadze, A.N. Leontev. 6. Shaxs psixologiyasi, ko‗p qirraligi. 7. Individ,shaxs,individuallik. 8. Shaxsning turli fanlar nuqtai nazaridan o‗rganilishi. Tayanch iboralar: individ, shaxs, individuallik, shaxs faolligi, shaxs tuzilishi, interindivid, intraindivid, metaindivid, endopsixika, ekzopsixika, kuzatish metodi, so‗roq metodi, test metodi, ekseriment metodi, modellashtirish metodi, anketa metodi, faoliyat mahsulotlarini o‗rganish metodi, validlik. Shaxs tushunchasi keng va ko‗p qirralidir. Mehnat qila olish ko‗nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o‗zini o‗rganish va faol tarzda qayta o‗zgartirish jarayonining subyektga aylanmoqda. Shu o‗rinda haqli bir savol tug‗iladi, ya'ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o‗zaro bog‗liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to‗xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‗ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G‗ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog‗lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo‗q oddiy malakalarni o‗zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling