О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari
Shaxs-ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning
subyekti bo‘lmish individdir. Shaxsga taaluqli bo‗lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo‗lishliqdir. Inson jamiyatning turli guruhlarida odamlarning o‗z zimmasiga olgan vazifalari va rollari qanchalik rang-barang bo‗lmasin, turmushdagi mavqei ko‗p ma‘no, ko‗p kirrali xususiyatga ega bo‗lishidan qat‘i nazar, inson shaxsiga to‗la moe keladigan haqiqiy tavsif berish imkoniyati saqlanib qoladi. Unga beriladigan tavsif faqat uning o‗ynaydigan asosiy rollarini, egallagai mavqeining individualligini namoyon qiluvchi motivlarini aniqpash bilan emas, balki uning ishlab chiqarishga, moddiy boyliklarni o‗zlashtirishga nisbatan munosabatini o‗rganish orqali beriladi. O‗zbekistonda inson shaxsiga beriladigan asosiy tavsif uning asosida gumanistik, mustaqil, huquqiy jamiyat qurish jarayoniga nisbatan va bu ijtimoiy jarayonda faol qatnashishi kabi muhim mezonlarga asoslanadi. Jahon psixologiya fanining ilg‗or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarining tajribasida ko‗rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari, xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, akliy krbiliyatlari, iste‘dod darajalari, barqaror qiziqishlari, hukmron motivlari, his-siyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, alo-xida odamda betakror, barqaror, turg‗un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o‗z ntsvbatida shaxeni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qatьiyligi, stereotipligi to‗g‗risidagi fikrni kat‘iy tasdiklashga imkon yaratadi. Psixik holatlar, hodisalar (hissiyot, xohish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o‗zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar-da, hayotiy vaziyatlarda odam o‗z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvornida o‗zgarishi, yoshni ulg‗ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta‘sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barkarorlik odam qat-nashadigan uning yashash sharoitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg‗unliqtsa shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig‗indisining doimiyligi bilan uzviy bog‗likdir. Biroq biz qayd qilib o‗tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o‗zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o‗rganilgan. Bu o‗zgarishlar odamning yashash muhiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo‗duvchi hisoblanib, ular ijtimoiy ta‘sir, tarbiya sharoitiga bevosita alokadordir. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling