О‗zbekistоn respublikasi оliy va о‗rta maxsus ta‘lim vazirligi
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning
individualligidir, ya‘ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‗in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‗xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg‗u-alam, uning bilan birga esa hayotda tiklab bo‗lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar murakkab voqelikning mangulikka yo‗nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs o‗zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta‘lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‗zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir. Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‗pincha, ularda har xil vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi, o‗zaro xech bir o‗xshamagan rollarni ijro etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo‗ravon» bola o‗z tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o‗zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaktida boshqalarga qo‗shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va xamkorlikda, ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan masalalardan bitta odamning o‗zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga, sharoitlarga moe, ularga mutanosib bo‗lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi, uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu singarilarida o‗z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki o‗zaro hamohang tarzda o‗ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining, sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‗rsatuvchi alomatlardan biri bo‗lib, undagi qarama-qarshilik, ziddiyat va shakllanib ulgirmagan xususiyatlarning ko‗rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning o‗zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling