O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
- MAVZU: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari
Download 54.33 Kb.
|
Jismoniy
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Shakllari»
4 - MAVZU: Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari.
Jismoniy madaniyatning jamiyatda asosiy funksiya va shakllarining axamiyati. Halq ommasi jismoniy tarbiyaning haqiqiy ijodkoridir. Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan ko‘pchilik jismoniy mashqlarning halqchilik xususiyati buning yorqin dalilidir. Hozirgi zamon sport turlari va o‘yinlarining ko‘pchiligi masalan; kurash, boks, og‘ir atletika, qilichbozlik, kabilarning asosi qadim zamonlarda halq tomonidan yaratildi, bir necha avoldlar ularni ehtiyotkorlik bilan saqladi va takomillashtirib bordi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek shaxs ijtimoiy xayotning mas’uli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muxit ta’sirida rivojlanadi. Yozma yodgorliklar, halq dostonlari, epos va jismoniy tarbiyaning taraqqiy etish amaliyotida jismoniy tarbiya tarixini manbai bo‘lib xizmat qiladi. Madaniy tarixiy jarayoning mazmuni va asosini kishining jismoniy va intellektual qobiliyatlari uning axloqiy va badiiy estetik sifatlarini rivojlanishi tashkil etadi. Madaniyat masalalari mustaqil O‘zbekistonda eng muxim va dolzarb soxalardan biridir. Bu ishlab chiqarish madaniyati, muomala madaniyati, bola tarbiyasi madaniyati, jismoniy madaniyati, sport bularning xammasi katta diqqati izchil e’tiborni talab qiladi. Jismoniy madaniyatning ahamiyatini, o‘rnini va ijtimoiy hodisalar tizimidagi joyini chuqurroq tafakkur qilish uchun uning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Busiz jismoniy madaniyatning qonunlarini va uni rivojlanishini boshqarish mumkin emas. Jismoniy madaniyatning funksiyalari va shakllarini bajaradigan ishining tahlili bilan hozirgi vaqtda nazariyachilar, tarixchilar, sotsiologlar, tashkilotchilar va boshqa mutaxassislarning qiziqishi bejiz emas. Jismoniy madaniyatni funksiyalari o‘z-o‘zidan to‘liqligicha amalga oshirilmasdan, balki kishini aktiv faoliyati orqali madaniy boyliklarni yo‘naltirilgan xolda ishlatiladi. Jismoniy madaniyat funksiyalarida uni faoliyat mazmuni, shu bilan birga xar bir shaxs uchun va umuman jamiyat uchun axamiyati oshib boriladi. Jismoniy madaniyatni funksiyalari, xar qanday funksiyalar singari malum shakllar bilan amaliyotda ko‘rinishi bo‘yicha ajratib bo‘lmaydi. «Shakllari» tushunchasi bu yerda, jismoniy madaniyat tuzilishi jixatidan turi, ko‘rinishi va xar xil turligi bilan farqlanishi tushuniladi. «Turlari» deb jismoniy madaniyatni elementlarga nisbatan katta birikmasini uni tuzilishi bo‘yicha funksiyalari bilan bog‘langanligiga aytiladi. Har xil turliligi deb katta bo‘lmagan shakllarni, xar xil turlarda bo‘lishi tushuniladi. Masalan jismoniy madaniyatni ko‘rinishi deb ishlab chiqarish jismoniy madaniyatni olsak, uni xar xil turliligi ishlab chiqarish gimnastikasi kirish gimnastikasi tushuniladi. Jismoniy madaniyat xaqiqiy funksiyalarini taxlil qilishni quyidagi metodologik xolatlar ko‘rsatadi: 1) Jismoniy madaniyatni u yoki bu funksiyasini ko‘rinish belgisi bo‘lib oxirgi xisobda uning o‘ziga xos ob’ektiv xususiyatlari xisoblanadi. Masalan jismoniy madaniyatga, ruxiy madaniyatni xamma funksiyalarni ob’ektiv ravishda boshqa olmaydi. 2) Jismoniy madaniyatni maxsus funksiyalari, madaniyatni boshqa turlariga ta’luqli bo‘lmagan, aloxida xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalardir. Jamiyatda jismoniy madaniyat vositasini ishlatish bilan erishganlarni xammasini maxsus funksiyalar deb atab bo‘lmaydi. Masalan kishilarni birlashib jismoniy madaniyatda faoliyat qilishi yoki jismoniy madaniyat xarakatini xalqlar o‘rtasidagi qiziqishga, faqatgina jismoniy madaniyatini o‘ziga xos ichki kuchi emas, balki umum ijtimoiy munosabatlarni natijasi bo‘lib, jamiyatda shuncha javobgar tashkilotlarni yo‘naltirilganligidir. Jismoniy madaniyatni umumiy va maxsus funksiyalari, madaniyatni bir tomonini farqlaydi. Umumiy funksiyalari jismoniy madaniyatni jamiyatni boshqa xodisalar bilan birlashtiradigan funksional bog‘liqqa asoslanadi. 3) Jismoniy madaniyatni funksiyalarini uni shakllari bilan ajralmagan bog‘liqlikda deb qarash kerak. Funksiya bilan shakl umum ilmiy metodologiya ko‘rsatma bo‘yicha bir-biridan ajralgan xolda, balki bir-birini to‘ldiradi. Shuning uchun jismoniy madaniyat funksiyalarini ajratish,bir tuzumga tushurishda asosiy shakllariga, turlariga va ko‘rinishlariga bog‘lanmasdan rejalashtirish, tuzish mumkin emas. 4) Jismoniy madaniyat funksiyalarini bir butunlikda qaralganda, jismoniy madaniyatning ijtimoiy tizimni organik qismi bo‘lib, ijtimoiy borliqni boshqa tomonlari bilan bog‘liqdir. Jismoniy madaniyatni tuzilishiga insonllarni xayot kechirishi turmush tarzi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 5)Jismoniy madaniyatni xar xil shakllarini xususiyati ishlatish doirasiga qarab, ijtimoiy soxani u yoki bu xususiyatini ochib beradi. Masalan,ishlab chiqarish soxasiga kiritilgan jismoniy madaniyat, har kungi turmush xayotga kiritilgan jismoniy madaniyatdan farq qiladi. Jismoniy madaniyat soxasidagi madaniyatning funksiyasi tajribada xamma vaqt yangi usullar yaratilishi, kishilarning psixologiyasiga ta’sir qilishida xam ko‘rinadi. Jismoniy madaniyatni rivojlanishi va malum darajadagi vazifani bajarishi, jamiyatdagi xayot sharoitida belgilangan xarakterda ishlatilishiga qarab, uni aniq baxosi va roli bilan bog‘liqdir. 6) Jismoniy madaniyat tarixiy rivojlanish jarayonida jamiyatda asosiy xayot sharoitini o‘zgarishiga bog‘liq xolda o‘zgaradi. Jismoniy madaniyatni funksiya va shakllariga xarakterestika berishda, uni ko‘rinishlarida nisbatan mustaqilligini, xar qaysi jamiyat informatsiyasi sharoitida qabul qilinganligiga qarash kerak. Jismoniy madaniyat “funksiyasi” deganda, uning o‘ziga tegishli ob’ektiv xususiyatlari bilan insonga va inson munosabatlariga, muomalasiga ta’sir ko‘rsatishi, shaxs va jamiyatni ma’lum talabini qondirilishi va rivojlantirilishi tushuniladi. Shu bilan birga, jismoniy madaniyatning funksiyalari o‘z-o‘zidan to‘liqligicha amalga oshirilmasdan, balki kishini faol faoliyati orqali madaniy boyliklarni yo‘naltirilgan holda ishlatilishi tushuniladi. Inson biror sport turi bilan shug‘ullanayotganda o‘zining shunga bo‘lgan talabini qondiradi, shu bilan birga shu sport turi bilan shug‘ullanayotgan boshqa insonlar bilan o‘zaro muomalada bo‘ladi. Jismoniy madaniyatning funksiyalarida uning faoliyat mazmuni, shu bilan birga har bir shaxs uchun va umuman jamiyat uchun ahamiyati ochib beriladi. Download 54.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling