O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi
Download 54.33 Kb.
|
Jismoniy
2. Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviyligi.
Jismoniy tarbiya tizimining g‘oyaviy negizini insonni har tomonlama rivojlantirish, shaxsni uyg‘un tarbiyalash, jamiyatni rivojlantirishga qodir faol insonlarni yetishtirishga xizmat qiluvchi milliy mafkura va ma’naviyat tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning fikricha: “Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch – ma’rifatdir”. “Aql - zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”. Respublika fuqarolarining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasining uzviy birligini ta’minlash, jismoniy tarbiyani mehnat va Vatan mudofaasi manfaatlariga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilmoqda. Jismoniy tarbiyaning xalqchilligi, birinchidan, uning maqsadlari xalqning hayotiy manfaatlariga, mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorgarlik manfaatlariga mos kelishidan, ikkinchidan, bolalarni yoshligidan boshlab gimnastika mashg‘ulotlariga, o‘yinlarga, sportga, turizmga muntazam ravishda izchillik bilan ommaviy jalb etishdan; jismoniy madaniyat va sportning har bir kishi turmushiga singib borishidan; uchinchidan, jismoniy mashqlarning ko‘pchilik orasida keng tarqalgan, xalq-milliy sport turlari va o‘yinlari bilan bir qatorda jismoniy tarbiya vositalaridan keng foydalanishidan iboratdir. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya manfaatlari yuqoridagi ehtiyojlar bilan tugallanmaydi. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya maqsadlarini aniqlashda ularni asosiy hal qiluvchi ehtiyojlar deb hisoblash zarur. Shu sababli jismoniy tarbiya turmushda, xususan, umumiy ta’lim maktablarida olib borish joriy etilgan hamda jismoniy tarbiya kishilarning sihat-salomatligi va mehnat qobiliyatini saqlash hamda mustahkamlash, ma’naviy birdamligi va irodasini chiniqtirish, bo‘sh vaqtini sog‘lom va ko‘ngilli o‘tkazishning vositasi deb ko‘rsatilgan. Shunday qilib, jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyat madaniyatining bir qismi sifatida, kishilarning jamiyat qurilishida faol ishtirok etishi, uning talablarini qondiruvchi jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishning ob’ektiv zarurati bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy madaniyatning shu maqsadi respublikada jismoniy madaniyatni amalga oshiradigan barcha muassasalar va tashkilotlarga tegishlidir. Download 54.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling