Konstitutsiyaning
53-moddasiga
muvofiq,
O'zbekistonning
iqtisodiy negizini har xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
Tadbirkorlik barcha mulk shakllarining teng huquqliligiga
asoslanadi.
Tadbirkor mol-mulkda foydalanishning yuqorida qayd
etilgan shakllari va usullaridan foydalanish yo'li bilan o'z
faoliyatini amalga oshiradi. U faqat o'ziga tegishli xususiy mulk
bilan cheklanmay, balki shuning bilan bir qatorda O'zbekiston
va ajnabiy davlat fuqarolarining va yuridik shaxslarining mol-
mulkini jalb etish,
biigalikda faoliyat yuritish,
qo'shma
korxonalar tashkil etish yo'li bilan turli xo'jalik faoliyati yuritish
uchun davlat va jamoat tashkilotlarining mol-mulklaridan
foydalanish kabi harakatlami birgalikda bajarib, o'z tadbirkorlik
faoliyatini samarali amalga oshiradi.
Tadbirkorlik shaxsan mulk egasining o'zining mehnatda
qatnashishiga yoki yollanma mehnat qo'llashga va shuningdek,
o'zining hamda yollanma mehnatning birgalikda qo'shib amalga
oshirilishiga asoslangan bo'lishi mumkin.
Tadbirkorlik mulk egasining ishlab chiqarish jarayonida,
ya’ni o'z faoliyatini amalga oshirishda bevosita o'zining ishtirok
etishi — bu tushunarli masala. Lekin uning yollanma mehnat
48
asosida, ya’ni boshqa fuqarolaming mehnatidan foydalanish
yo‘li bilan faoliyat yuritish haqidagi qoida ijtimoiy hayotda va
shuningdek, qonunchilik sohasida yangi voqeadir. Chunki
o ‘tmishda fuqaroga yollanma mehnatdan foydalanishga yo'l
qo‘yilmagan, bunday huquq korxona va tashkilotlarga berilgan.
Fuqarolarga yollanma mehnatni qo'llash huquqi birinchi marta
Do'stlaringiz bilan baham: |