javobgarlik o'ziga xos xususiyatlarga egadir;
3) alohida subyekt — intizom ustavlari yoki xizmat
to'g'risidagi nizomlar tatbiq qilinadigan shaxslar, masalan,
harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga
majburlar, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar
tarkibiga mansub shaxslar. Ma’muriy huquqbuzarlikning alohida
subyektlari - maxsus subyektlaming alohida guruhini tashkil
etadi. Alohida subyektlar ham, maxsus subyektlar singari o'ziga
xos xususiyatlarga egadir.
Har qanday huquqbuzarlik singari, ma’muriy huquqbuzarlik
ham — huquqqa xilof aybli sodir etilgan qilmish hisoblanadi.
Huquqbuzaming huquqqa xilof qilmishni sodir etishda aybi
mavjud bo'lganida, uni javobgarlikka tortish mumkin bo'ladi.
Ayb — bu sodir etilgan qilmishga nisbatan shaxsning ruhiy
munosabatidir. Ayb ikki shaklda: qasd va ehtiyotsizlikda
ifodalangan bo'lishi mumkin. Ayb — ma’muriy huquqbuzarlik
subyektiv tomonining majburiy xususiyati hisoblanadi.
57
Ma’muriy huquqbuzarlikning subyektiv tomoni — bu
huquqbuzarlik subyekti (jismoniy shaxs)ning huquqqa xilof
harakat yoki harakatsizlik hamda uning oqibatlariga nisbatan
ruhiy munosabati hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik aybning ikki shaklida ham, ya’ni
qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin. Jumladan,
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi
kodeksining 11-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik
sodir etgan shaxs o ‘z harakati yoki harakatsizligi g‘ayrihuquqiy
ekanligini bilgan bo'lsa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi etgan,
yuz berishini istagan bo'lsa yoki bu oqibatlaming kelib
Do'stlaringiz bilan baham: |