nazarda tutilgan sanksiyalarni qo'llashda ifodalanadi.
60
Ma’muriy javobgarlik
masalasi ko'pgina
huquqshunos
olimlar tomonidan tadqiq qilingan bo'lib, ulaming aksariyati bu
masalaga deyarli bir xilda yondashgan: ma’muriy javobgarlik —
bu ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, ma’muriy
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat
organlari
va
mansabdor
shaxslar tomonidan
ma’muriy-
protsessual tartibda ma’muriy jazoni qo'llashdir.
Ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning barcha
xususiyatlariga ega ekanligi bilan bir qatorda, quyidagi o'ziga
xos xususiyatlarini ham ko'rsatib o'tadi:
birinchidan, ma’muriy javobgarlik qonunlar bilan ham,
qonunosti hujjatlari bilan ham o'matiladi, ya’ni u o'zining
normativ-huquqiy asosiga egadir. Jinoiy javobgarlik — faqat
qonunlar bilan, intizomiy javobgarlik — qonun va qonunosti
hujjatlari bilan, moddiy javobgarlik — mehnat va fuqarolik
qonunchiligi bilan belgilanadi;
ikkinchidan, ma’muriy javobgarlikning asosi bo'lib —
ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi (qonun buzilishi va
nojo'ya xatti-harakat ko'rinishida). Jinoiy javobgarlikda —
jinoyat, intizomiy javobgarlikda — intizomiy nojo'ya xatti-
harakat, moddiy javobgarlikda — moddiy zarar yetkazish
hisoblanadi;
uchinchidan, ma’muriy javobgarlik subyekti sifatida
fuqarolar,
mansabdor
shaxslar
namoyon
bo'ladi.
Jinoiy
javobgarlikda — fuqarolar va mansabdor shaxslar, intizomiy
javobgarlikda — xodim
Do'stlaringiz bilan baham: |