2017 — 2020-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi


Download 28.23 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi28.23 Kb.
#1411133
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ёшларга оид давлат сиёсати (3)


Taʼkidlash joizki, davlatimiz tomonidan yoshlar taʼlim-tarbiyasi, ularning kelajakka boʻlgan ishonchi, bilim olishga, kasb oʻrganishga boʻlgan huquqlarini yanada mustahkamlash, oʻqitish va taʼlim-tarbiya jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tubdan takomillashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yangi Oʻzbekiston sharoitida yoshlarga, ularning taʼlim-tarbiyasi va ijtimoiy himoyasi masalasiga jiddiy eʼtibor berilmoqda.
Mamlakat aholisining 18,9 mln. nafari yoki 54 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va bolalar tashkil etadi. Yoshlarning 9,5 millioni erkak, 9,4 millioni esa ayol jinsiga mansub.
Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017 — 2020-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi, 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2016-yil 14-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 14.09.2016 yildagi O‘RQ-406-son) qabul qilindi. Mazkur Qonunda yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi sifatida qatʼiy mustahkamlab qoʻyildi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi;
yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar;
yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);
yosh mutaxassis — oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirgan, ta’lim muassasasini bitirganidan so‘ng olgan ixtisosligi bo‘yicha uch yil ichida ishga kirgan va ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan ixtisosligi bo‘yicha ishlayotganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan o‘ttiz yoshdan oshmagan xodim;

Download 28.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling