2017 — 2020-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi


Download 28.23 Kb.
bet7/8
Sana30.04.2023
Hajmi28.23 Kb.
#1411133
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ёшларга оид давлат сиёсати (3)

Ikkinchidan, yosh avlod ijtimoiy sub’ekt sifatida davlat va jamiyatning har tomonlama — yoshlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muayyan resurslarni ajratish, davlat yoshlar siyosatining inson huquqlari bilan bog‘liq zamonaviy infratuzilmasini yaratish kabi qo‘llab-quvvatloviga muhtoj. Lekin yaqin va uzoq muddatli istiqbolda yoshlar rivojlanishi bo‘yicha davlatlar dasturlarining qabul qilinishi tizimli yo‘lga qo‘yilmagan.
Uchinchidan, turli xalqaro huquqiy hujjatlarda yoshlarning yosh toifasi turlicha talqin qilingan. Misol uchun, birgina BMT doirasida “yoshlar” atamasi Yoshlar uchun umumjahon harakatlar dasturiga ko‘ra, 15-24 yosh, BMT Xavfsizlik kengashining yoshlar, tinchlik va xavfsizlik to‘g‘risidagi 2250-rezolyutsiyasida 18-29 yosh, Aholi yashash manzillari bo‘yicha BMT dasturida esa 15-32 yoshli shaxslarga nisbatan ishlatiladi. Yoshlarning Afrika xartiyasida “yoshlar” vakillariga 15-35 yoshli, Yevropa Kengashida 15-29 yoshdagi shaxslar kiritiladi.
Shu ma’noda, aholining yoshlar qatlami uchun yosh chegarasining xalqaro mezonlarini ishlab chiqish va buni yoshlar huquqlari hamda ularni ta’minlash bo‘yicha davlat majburiyatlari o‘rnatilgan xalqaro hujjatda belgilash muhim ahamiyatga ega.
To‘rtinchidan, bugungi kunda BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari hamda BMTning “Yoshlar — 2030” yoshlar strategiyasi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Lekin hamon belgilangan aniq maqsadlar va o‘lchov ko‘rsatkichlari bo‘yicha yoshlarning rivojlanish istiqbollarini namoyon etuvchi zamonaviy xalqaro model yaratilmagan.
Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan tashabbus — Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasining qabul qilinishi bugun navqiron avlod duch kelayotgan aniq muammolarni hal qilish, sohaga oid turli xalqaro hujjatlardagi nomutanosibliklarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.
Konvensiya loyihasi qanday tayyorlandi?
— Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi tomonidan konvensiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha milliy va xalqaro, xorijiy ekspertlar, mutaxassislar, olimlar, yoshlar tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan tashkil topgan maxsus ishchi guruh tuzildi va uning faoliyati tizimli ravishda tashkillashtirildi.
Ishchi guruh yoshlarga oid yuqorida eslatib o‘tilgan xalqaro hujjatlar hamda 50 dan ortiq davlatning milliy qonunchiligini chuqur o‘rganish, Barqaror rivojlanish maqsadlari, demokratiya va iqtisodiy sohalarga oid turli xalqaro reytinglar va indikatorlarni inobatga olib, Yoshlar huquqlari to‘g‘risida xalqaro konvensiya loyihasini ishlab chiqdi.
Konvensiya loyihasi xalqaro jamoatchilik fikr va mulohazalarini o‘rganish va inobatga olish maqsadida markazimiz veb-sayti hamda boshqa maxsus internet-tarmoqlarda joylashtirildi. Xususan, yoshlar huquqlari, inson huquqlariga oid o‘ndan ortiq hujjat va adabiyot tayyorlanib, Samarqand forumining rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
Bugungi kunga qadar 40 dan ziyod xalqaro forum va ekspertlar uchrashuvida hamda Shveysariya, Buyuk Britaniya va Rossiyada muhokama etildi. Forumda ushbu mamlakatlar vakillarining ma’ruza bilan ishtirok etishi ham nazarda tutilgan. Forum uchun “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalining maxsus soni tayyorlandi.

Ushbu konvensiyaning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?


Ishchi guruh konvensiyaning asosiy maqsadi sifatida dunyo bo‘yicha yoshlarning ehtiyojlarini qondirish, yoshlarning barcha eng yaxshi qiziqishlari, erkinlik va huquqlari kafolatlari hamda potensialini mustahkamlash maqsadlarida xalqaro, mintaqaviy va milliy darajada harakatlarni kuchaytirishni belgilashni taklif etgan.
Konvensiyada yoshlar siyosati tushunchasi turli hayotiy soha va sektorlar — davlat va xususiy sektor, nodavlat tashkilotlarning yoshlarga qaratilgan faol faoliyati sifatida kengroq ma’noni anglatadi. Shuningdek, yoshlarning yosh xususiyatlari aniq 18-30 yosh deb belgilanmoqda.
Konvensiyaning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda:
• yoshlarga nisbatan davlat siyosatining maqsadlari, ustuvorliklari va vositalarini belgilash, yoshlarning rivojlanishi imkoniyatlari va muammolari yuzasidan davlatlar oldida turgan masalalarga va imkoniyatlarga birgalikda javob izlash;
• yoshlarga oid siyosat sub’ektlari uchun uzoq muddatli rivojlanish yo‘nalishlarini, shuningdek, yoshlar dasturlari, loyihalari, yoshlar jamoat birlashmalari va yoshlarga oid siyosat infratuzilmasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar ko‘rsatkichlarini belgilash;
• inson kapitalida jadal o‘sib borayotgan yoshlarning voyaga yetish davrida davlat va jamoat xizmatlaridan foydalanishini yengillashtirish, ularning asosli hayotiy qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish hisobiga imkoniyatlarini kengaytirish;
• yoshlarni jamiyatni o‘zgartiruvchi faol sub’ekt, davlatlarning yetakchilik va rivojlanish drayveri, shuningdek, ijtimoiylashuv ob’ekti sifatida qarash.
Samarqand forumi natijasi qanday bo‘ladi?
— Umuman, forum natijasida Samarqand rezolyutsiyasini qabul qilish, Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya loyihasini BMT nizomiy tuzilmalariga va inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy qo‘mitalariga ko‘rib chiqish uchun kiritish nazarda tutilgan.
Ishonchim komilki, Samarqand forumi ochiq va amaliy munozaralar ruhida o‘tadi. Undagi munozara va mushohadalar, o‘z navbatida, yoshlarning huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirish, -Prezidentimizning tashabbusini hayotga tatbiq etishga qaratilgan amaliy qarorlar uchun zamin bo‘ladi. Bu ezgu ishlar butunjahon hamjamiyati darajasida yoshlarning qonuniy manfaatlari, haq-huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

https://dunyo.info/uz/site/inner?slug=inson_huquqlari_bo%E2%80%98yicha_samarqand_forumi_yoshlar_huquqlari_to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi_xalqaro_konvensiya_loyihasi_muhokamada-SlM




Download 28.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling