2017 — 2020-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi


Jumladan, BMT Praga deklaratsiyasida insoniyatni rivojlantirishda yoshlarning muhim roli qayd etildi


Download 28.23 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi28.23 Kb.
#1411133
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ёшларга оид давлат сиёсати (3)

Jumladan, BMT Praga deklaratsiyasida insoniyatni rivojlantirishda yoshlarning muhim roli qayd etildi. 1996 yil 13 martda BMT Bosh Assambleyasining 50/81-rezolyutsiyasi bilan 2000 yilgacha bo‘lgan davrda Yoshlarga oid umumjahon harakatlar dasturi tasdiqlandi. Unda, xususan, yoshlar huquqlariga oid oltita asosiy soha aniqlandi. Bular munosib yashash huquqi (yoshlar jamiyatda va o‘z yurtida munosib yashashlari kerak), o‘z fikrlarini bildirish huquqi(yoshlarga o‘z intilishlarini, g‘oyalarini, umidlarini va muammolarini ifoda etish imkoniyati berilishi kerak), yaxshi ta’lim olish huquqi(yoshlar o‘z vatanida sifatli ta’lim olishi, tegishli stipendiyalarni, ayniqsa, universitet darajasida taqdim etish), sog‘liq huquqi(kelajak avlodlar yoshlar sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish uchun zamonaviy tibbiy markazlardan foydalanishlari kerak), munosib kasbga bo‘lgan huquq(bitiruvchilarning davlat yoki xususiy sektorda ishlashini ta’minlash yoki o‘rta va kichik biznesni tashkil etish uchun yosh tadbirkorlarga kredit berish), rivojlanish huquqi (yoshlarga o‘z mamlakatining jamiyatlarini turli yo‘nalishlarda, jumladan, siyosiy partiyalarda ishtirok etish va ushbu partiyalarda rahbarlik lavozimlariga ega bo‘lish, yoshlarni qaror qabul qilishda ishtirokini ta’minlash)dir.
2001 yilda Jahon yoshlar strategiyasi ularning dunyo taraqqiyotidagi roliga e’tibor qaratdi. BMT Xavfsizlik kengashining yoshlar, tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha ikkita, ya’ni 2250 (2015 yil) va 2419-rezolyutsiyalari (2018 yil) xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash hamda qo‘llab-quvvatlashda yoshlarning rolini ochib beradi. BMTning “Yoshlar — 2030” yoshlar strategiyasi, Yoshlar siyosati va dasturlari to‘g‘risidagi “Lissabon+21” deklaratsiyasi yoshlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirishda qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Mintaqaviy darajada Arab yoshlar deklaratsiyasi (ayollarning huquq va erkinliklarini kengaytirish, yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotga kengroq jalb qilish), Aholi va rivojlanish bo‘yicha Rabоt deklaratsiyasi (yoshlarga nisbatan adolatli ijtimoiy siyosat uchun resurslarni taqsimlashni yaxshilash), Afrika yoshlar strategiyasi (yoshlar taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan siyosiy vaziyatni yaxshilash), Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasi kabi qator o‘ta muhim xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Konvensiya qabul qilinishining dolzarbligi nimadan iborat?
— Sohada o‘z yechimini kutayotgan va muammoli masalalar ham mavjud. Bular, birinchidan, dunyo miqyosida bugungi kunga qadar yoshlarning aniq huquqlarini belgilashga doir birorta alohida hujjat yoki vosita mavjud emas, yoshlarga oid siyosat sohasida davlatlarning xalqaro majburiyatlari aniq belgilab berilmagan. Xususan, yoshlarning hozirgi avlodi dunyo tarixi bo‘yicha olib qaraganda eng ko‘p sonlisi hisoblanadi, ammo ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlashga yetarli e’tibor qaratilmayapti. Yoshlarning barcha huquqlari, jumladan, barcha iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik va siyosiy huquqlari hurmat qilinishi, himoyalanishi va amalga oshishini ta’minlash choralarini kelgusida yanada mustahkamlash zarur.

Download 28.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling