2017 — 2020-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi


Masalan, bugun dunyo miqyosida yoshlar orasida ishsizlik darajasi ancha yuqori


Download 28.23 Kb.
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi28.23 Kb.
#1411133
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ёшларга оид давлат сиёсати (3)

Masalan, bugun dunyo miqyosida yoshlar orasida ishsizlik darajasi ancha yuqori. Yoshlar ish topsa ham, odatda, kattalarga qaraganda ancha murakkab sharoitlarda va ko‘pincha teng ish uchun teng haq to‘lanmasdan mehnat qiladi. Bundan tashqari, 263 million bola va o‘smir maktab ta’limidan mahrum. Bu esa ta’lim va malaka yetishmasligi tufayli mehnat bozoriga o‘tishni qiyinlashtiradi.
Xususan, BMT tuzilmalari tomonidan tayyorlangan “Yoshlar holati” hisobоtiga ko‘ra, yoshlarning siyosiy institutlardagi ishtiroki yetarli emas. Masalan, dunyoda yoshlarning siyosiy hayotda ishtirok etish indeksi o‘rtacha 5,68 ball (eng yuqori ball – 10) bo‘lgani holda ushbu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 8,75 va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda 4,38 ballni tashkil etadi. Dunyo bo‘ylab 30 yoshga to‘lmagan yoshlar nufusi o‘ta yuqoriligiga qaramay, ko‘pgina mamlakatlarda ularning parlament a’zolari sonidagi ulushi 2 foizni ham tashkil etmaydi.
Yangilanayotgan O‘zbekistonimizning davlat yoshlar siyosatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, yosh avlodni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlarga keng jalb etish, ularga mamlakatimizning buguni va ertangi kuni bilan bog‘liq o‘ta muhim vazifalar ijrosini ishonib topshirish borasidagi tajribasi dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Xususan, bugun parlamentimiz quyi palatasining 6 foizini, mahalliy kengashlar deputatlarining 10 foizini aynan yoshlar tashkil etmoqda. Parlament palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari ish boshladi.
Forum ishtirokchilari mamlakatimizning ushbu sohadagi tajribasiga katta qiziqish bildirmoqda. Ko‘rib chiqiladigan vazifalar orasida yoshlar huquqlarini himoyalashni davlat siyosati darajasiga ko‘tarishning yo‘llari va usullariga doir takliflar ishlab chiqish masalasi ham bor. Bunday muhim chora yosh avlodga hayotning barcha sohalarini rivojlantirish, barqaror taraqqiyotni ta’minlashga hissa qo‘shish uchun imkoniyatlar yaratishiga ishonchimiz komil.
Jumladan, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bugungi va ertangi yoshlarga bevosita bog‘liq. Ayniqsa, 1-maqsad (o‘ta qashshoqlikka barham berish), 4-maqsad (sifatli ta’lim), 5-maqsad (gender tengligi), 8-maqsad (munosib ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish), 10-maqsad (tengsizlikni kamaytirish) va 16-maqsad (tinchlik va adolat, odil sudlovning hammaga birdek ochiqligi) yoshlar huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Shuning uchun yoshlarning huquqlariga ko‘maklashish va ularni himoya qilish masalasi bundan keyin ko‘tarilmasligi uchun nima qilishimiz kerak? Tadbirda muhokamalarimiz ayni shu muammolar yechimiga qaratiladi.
— Prezidentimizning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish borasidagi tashabbusining hayotga tatbiq etilishi xususida biroz kengroq to‘xtalib o‘tsangiz. U xalqaro hamjamiyat tomonidan qanday qabul qilinmoqda? Ushbu konvensiyaning qabul qilinishi zarurati nimalardan iborat?
— Konvensiya loyihasini ishlab chiqishda bugungi kunda BMT va u bilan bog‘liq xalqaro tuzilmalar (Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Parlamentlararo ittifoq va boshqalar) tomonidan yoshlar va yoshlar siyosatiga oid 30 dan ortiq universal hamda mintaqaviy tashkilot (Afrika Ittifoqi, Amerika davlatlari tashkiloti, Yevropa Kengashi, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqalar) doirasida 20 dan ziyod xalqaro hujjat e’tiborga olindi.

Download 28.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling