2017 — 2020-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqlarida


Download 28.23 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi28.23 Kb.
#1411133
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ёшларга оид давлат сиёсати (3)

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqlarida yoshlar masalasiga alohida toʻxtalib, “yoshlarning ongu tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligi, ekstremistik faoliyat va zoʻravonlik bilan bogʻliq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilayotganligi, bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avlod ekanligi, sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʻlib kamolga yetishi bilan bogʻliqligi, shuningdek bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zoʻravonlik gʻoyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdan iboratligi”, taʼkidlab oʻtildi.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish taklif etildi.
Assambleya (frans. assemblee – majlis) – 1) majlis; 2) bir qator mam-lakatlarda davlat hokimiyati oliy orga-nining, shuningdek ayrim xalqkaro tash-kilotlar oliy organining nomi (mas, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi).
Konvensiya — (lotinchaconventio — shartnomabitim) — xalqaro shartnoma, bitim, kelishuv shakli: biror maxsus masala yuzasidan davlatlar o’rtasida tuziladi va uni imzolagan tomonlar muayyan huquq va majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi.
Tendensiya-Moyillik (kech lotincha tendentia — yoʻnalish (lot. tendo — toʻgʻridan-toʻgʻri) va tendentsiya (lot. tendo — toʻgʻridan-toʻgʻri, intilish)) — biror narsa (jamiyat, iqtisodiyot, madaniyat va boshqalar) rivojlanayotgan maʼlum bir hodisa rivojlanishining nisbatan barqaror yoʻnalishi. .).

11/Avgust/2020 Dolzarb


Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi: Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya loyihasi muhokamada
12 avgust — Xalqaro yoshlar kunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yoshlar—2020: global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari” deb nomlangan Samarqand forumi ish boshlaydi. Shu munosabat bilan muxbirimiz ushbu xalqaro forumning asosiy tashkilotchisi bo‘lmish Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal SAIDOV bilan suhbatlashdi.
— Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand forumida BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Kengashi kabi qator xalqaro tashkilotlar hamda O‘zbekiston va o‘n beshdan ziyod xorijiy mamlakatdan yetti yuz ellikdan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Xo‘sh, ushbu nufuzli forumning asosiy maqsadi nimadan iborat?
BMT Bosh kotibi chaqirig‘iga javoban, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yilgi Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi “BMT 75 yoshda: kelajakka nigoh” dasturi doirasida bevosita yoshlar masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
Bugun dunyoda yoshlar misli ko‘rilmagan darajada ko‘pchilikni — 2 milliarddan ziyodni tashkil qilmoqda. Bu ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham aholining o‘sib boradigan katta qismini yoshlar tashkil qilmoqda, degani.
Hozirgi pandemiya sharoitida bunday nufuzli forumning o‘tkazilishi nafaqat O‘zbekiston, balki jahon tajribasida ham katta yangilik. Ushbu forum ilk bor onlayn tarzda yoshlarga mos axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazilmoqda.
Tadbirda BMT va uning butun dunyodagi tuzilmalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlardan 13 ta oliy darajadagi vakil, 40 dan ziyod xalqaro va xorijiy, 10 dan ortiq milliy ma’ruzachi ishtirok etayotganida hamda forumning yer yuzidagi yoshlarning hayotini yaxshilash uchun global hamkorlikning turli jabhalaridagi muammolarni aniqlab, ularning yechimini topishga xizmat qilishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor.
Samarqand forumida O‘zbekiston yoshlari, jumladan, 14 ta hududdan Yoshlar parlamentlari a’zolari, faol yoshlar yetakchilari va yoshlar tashkilotlari vakillari, o‘ndan ortiq oliy o‘quv yurti yosh olimlari va professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda.
Nima uchun asosiy mavzu sifatida yoshlar huquqlari tanlandi? Hozirgi jamiyatda yoshlarning tutgan o‘rni qanday?
— Bugungi kunda yosh shaxs bo‘lish bu katta boylikdir. Zero, yosh aholi katta ishchi kuchi, salohiyat va imkoniyatlar kaliti, demakdir. Gyote “Dunyo oldinga borayotgan bo‘lsa-da, yoshlarga har safar yangidan boshlashga to‘g‘ri keladi”, deb qayd etgan edi. Shu bois, navqiron yigit-qizlarimizga kelajagimizni harakatlantiruvchi asosiy shijoatkor kuch sifatida qarashimiz lozim. Yoshlar salohiyati mamlakat iqtisodiyotiga va jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shadi, agar ular to‘g‘ri parvarish qilinsa, barqaror rivojlanishning katalizatoriga aylanadi.
Samarqand forumi doirasida ¬Prezidentimizning 2017 yil 19 sen¬t¬yabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan muhim bir tashabbusi asosida ishlab chiqilgan Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya loyihasining ham navbatdagi muhokamasi rejalashtirilgan. Shuningdek, yoshlar huquqlari va barqaror rivojlanish maqsadlari orasidagi bog‘liqlik, yoshlarning inson huquqlari borasidagi bilimi va huquqiy ongini oshirish, 2030 yilgacha yanada xavfsizroq kelajakni qurish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda yoshlarning roli va ahamiyatini kuchaytirish masalalari ham atroflicha muhokama qilinadi.
Bir so‘z bilan aytganda, yoshlar nafaqat kelajagimiz bunyodkorlari, balki hozirgi kunimiz, islohotlarimizning hal qiluvchi kuchi hamdir. Agar biz barqaror rivojlanishga erishmoqchi bo‘lsak, yoshlarning jamiyatimizdagi o‘rni va mavqeini har tomonlama kuchaytirishimiz zarur.
Forumda qanday dolzarb masalalar muhokama etiladi?
— Yoshlarning huquqlari va salohiyati tinchliksevar va demokratik jamiyat barpo etishda muhim ahamiyat kasb etishini hisobga olgan holda, Samarqand forumi aynan “Yoshlar — 2020: global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari” deb nomlandi. Forum davomida biz inson huquqlari sohasida yoshlar bilan bog‘liq qanday muammolar mavjudligini aniqlashga va ularni hal etishning eng maqbul yo‘llarini belgilashga harakat qilamiz.

Download 28.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling