yilda ikki marta, bojxona huquqi bilan — qachonki O'zbekiston
sarhadlaridan tashqariga chiqilganda yoki kiiganingizda to'qnash
kelasiz. Bilasizmi, siz jinoyat huquqi bilan umuman to'qnash
kelmasligingiz mumkin, agar jinoyat ko'chasiga kirmasangiz,
jinoyat qonunchiligi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish
(harakat
yoki
harakatsizlik)
qilmasangiz,
jinoiy-huquqiy
munosabatlaming subyekti bo'lmaysiz. Xulosa o'zingizga, siz
yuqoridagi huquq sohalarida dam-badam yoki umuman qat-
nashmasligingiz mumkin. Ammo fuqarolik huquqidan ayro tusha
olmaysiz. Ushbu o'rinda biz sizning mulkdorlik qiyofangizni ochib
bermoqchimiz. Nima deb o'ylaysiz — Siz ayni hoziigi paytda
o'zingizni mulkdor deb hisoblaysizmi? Mulk o'zi nima ekanligi
haqida qanday bilimlaiga egasiz? Ushbu holatlar mamlakatimizda
va jahon hamjamiyatida qaysi hujjatlar bilan tartibga solinadi deb
o'ylaysiz? Ushbu hujjatlarga ko'ra, siz qanday huquq va
majburiyatlarga egasiz? Ushbu masalalarda biron-bir nizo,
kelishmovchilik kelib chiqqanda, uni qanday tartibda hal qilish,
kimga murojaat ettishni bilasizmi, sizning huquqlaringizni kim va
qanday himoya qilishinichi? Ana shular haqida so'zlamoqchimiz.
8
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar doirasida mulkiy munosa
batlar yetakchi o'rinni egallaydi. Mulkiy munosabatlar deganda,
iqtisodiy munosabatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari, iste’mol
buyumlari, umuman kishi mehnatining har qanday mahsu-
lotlami yaratish, egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan
bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Ammo mulkiy munosabatlaming barchasi ham fuqarolik
Do'stlaringiz bilan baham: |