jinoyat huquqi, ma’muriy huquq) sohalari qatori fuqarolik
huquqi bilan ham qo'riqlanishini bilishingiz muhim. Bir so'z
bilan
aytganda,
bularning
barchasi
fuqarolik-huquqiy
munosabatlardir. Chunki ushbu munosabatlaming negizida
muayyan mol-mulk, manfaat va shartnomaviylik yotadi. Ushbu
munosabatlar mamlakatimizda huquqning alohida sohasi —
fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi va mustahkamlanadi. U
bir qator teng huquqli subyektlar — fuqarolar, yuridik shaxslar
7
va davlat o'rtasida yuz beradi. Yuqoridagilami umumlashtirib,
fuqarolik huquqi yuridik jihatdan teng bo‘lgan subyektlar
o'rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlami tartibga
soladigan va mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‘indisidir,
deb aytish mumkin. Ushbu hoi Deklaratsiyaning 1-moddasida:
«Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin
va teng bo‘lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan,
binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda
bo'lishlari kerak», deb ta’riflanadi.
Shuni ham aytish kerakki, siz hayotingizda huquqning boshqa
sohalari — mehnat huquqi, soliq huquqi, bojxona huquqi, jinoyat
huquqi bilan ham to'qnash kelishingiz mumkin. Ammo aytingchi,
ular bilan har damda to'qnash kelishingiz mumkinmi? Birdan
«yo'q», deb javob berishingiz tabiiy. O'ylab ko'ring — mehnat
huquqi
bilan
faqat
muayyan
korxonada
xodim
sifatida
ishlayotganingizda, bevosita mehnat jarayonida to'qnashasiz, soliq
huquqi bilan, deylik, yer solig'i bilan soliq qonunchiligiga binoan
Do'stlaringiz bilan baham: |