6-mavzu. Fuqarolik huquqi reja
Download 32.67 Kb.
|
6-mavzu. FUQAROLIK HUQUQI REJA: 1. Fuqarolik huquqi tushunchasi va manbalari. 2. Fuqaroviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari. 3. Mulk huquqi. 4. Majburiyat huquqi. 5. Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik. 1. Fuqarolik huquqi tushunchasi va manbalari Fuqarolik huquqi milliy huquq tizimining asosiy sohala- ridan biri bo‘lib, mulkiy hamda mulkiy bo‘lmagan shaxsiy muno- sabatlarni tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan huquq normalari yig‘indisidan iboratdir. Fuqarolik huquqi - yuri- dik jihatdan teng bo‘lgan sub’ektlar o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy-nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‘indisidir. Fuqarolik huquqining huquq sohalari tizimida tutgan o‘rnini anglashda ushbu huquq sohasi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlar- ni tahlil etish muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy munosabatlar tizimida fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar keng o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, bu munosa- batlar kishilar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy muomalada, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakatlarda ko‘p uchraydi. Fuqarolik kodeksi (FK)ning 1-moddasi birinchi qismiga binoan, fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar ishtirokchilarining tengligini e’tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, shartnomaning erkinligiga, xusu- siy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik bilan aralashi- shiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini ta’minlash zarurligiga asoslanadi. Fuqarolik qonunchiligining ushbu tamoyillari, ya’ni asosiy yo‘nalishlaridan FK normalari mohiyatini, mazmunini va vazi- falarini belgilashda asos sifatida foydalaniladi. Fuqarolik qonun hujjatlarining mohiyati ham ular asosida belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoida- larning mazmunini belgilashda ko‘pgina hollarda ushbu munosa- batlarning xususiyatlari hisobga olinadi. Ijtimoiy munosa- batlarning u yoki bu turlari (mulkiy, shaxsiy, tashkiliy, oilaviy, mehnat va h.k.) umumiy ravishda emas, balki ular aniq belgilan- gan yoki ma’lum darajada ularning bir-biriga yaqinligi va te- gishli bo‘lishi hisobga olingan holda tartibga solinadi. Huquqiy tartibga solishning xususiyatlari, shuningdek ijtimoiy munosa- batlarning elementlari (shaxsning holati, ob’ektning alomat- lari va h.k.) bilan belgilanadi. Fuqarolik huquqi qoidalari vositasida tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning doirasini belgilashda ham ushbu talabga amal qilinadi. Fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar doirasi FKning 2-moddasida belgilab qo‘yilgan. Bunga asosan fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujud- ga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomul- kiy munosabatlarni tartibga soladi. Mulkiy munosabatlar deganda, iqtisodiy munosabatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari, umuman kishi mehnatining har qanday mahsulotlarni yaratish, egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy munosabatlar doirasi nihoyatda keng. Bular jumlasiga oldi-sot- di, xilma-xil buyurtmalar qabul qilish (ijro etish), turar-joy- larni ijaraga qo‘yish va ijaraga olish, korxonalar, tashkilot- larning bir-biriga mahsulotlar yetkazib byerish, qurilish ishla- rini amalga oshirish, transport korxonalari orqali yuk va yo‘lov- chi tashish, yetkazilgan zararni qoplash, qonun va vasiyat bo‘yicha myeros olish, umuman har qanday shakldagi mulkni egallash, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish bilan bog‘liq bo‘lgan mu- nosabatlar kiradi. Mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy muno- sabatlarga FKning 100-modsasida ko‘rsatilganidek, fuqaro o‘zi- ning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuv- chi ma’lumotlar yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarni tar- qatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olma- sa, sud orqali radsiya talab qilish huquqi va shu kabi boshqa huquqlar misol bo‘ladi. Mulkiy xaraktyerda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar shaxsning o‘zi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va undan begonalashtirilmay- digan huquqlardir. Bunday huquqlar jumlasiga fuqaroning is- miga bo‘lgan huquqi (FK, 19-modsa), mualliflik huquqi, mual- liflik ismiga bo‘lgan huquq (FK, 1051-modsa) va hokazolar ki- radi. Ko‘rinib turibdiki, fuqarolik huquqi hujjatlari vosita- sida tartibga solinadigan munosabatlarning doirasi tarkibiga binoan juda ham keng va xilma-xildir. Avvalo, u mulkiy munosa- batlarni va shu bilan birga, mulk bilan bog‘liq shaxsiy munosa- batlarni o‘z ichiga oladi. Biroq u bu bilan chegaralanmaydi. Agar qonun hujjatlari bilan boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulk bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy munosabatlar ham fuqarolik huquqi predmetining mazmunini tashkil qiladi. Shu bilan birga, ushbu munosabatlarda faqat O‘zbekiston Respublika- si emas, balki xorijiy mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek davlatlari ham ishtirok etishlari mumkin. Yuqorida keltirilgan munosabatlar ular ishtirokchilarining teng huquqlilik, mulkiy mustaqillik, ushbu munosabatlarning haq evazga amalga oshirilishi, ishtirokchilarning iqtisodiy jihatdan bir-biriga qaram bo‘lmasligi, mol-mulkning alohida bo‘lishi, yuridik teng huquqlilik, shaxsiy huquqlarning uzviy va daxlsiz bo‘lishi tamoyillariga asoslanadi. Download 32.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling