6-mavzu. Fuqarolik huquqi reja


Jinoyatning tarkibiy elementlari


Download 32.67 Kb.
bet7/9
Sana12.02.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1191112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jinoyatning tarkibiy elementlari
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 16-moddasi ik- kinchi qismida jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari bel- gilangan bo‘lib, unda: «Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi», - deb yozilgan.
Ushbu jinoyat huquqiy tushunchada jinoiy javobgarlik uchun asos deb aybdorning qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi belgilangan bo‘lsa-da, jinoyat tarkibi tushunchasining o‘zi to‘la ochib byerilmagan.
Jinoyat tarkibining bir necha vazifasi mavjud:
1) jamiyat uchun xavfli qilmishning jinoiyligini aniqlash vositasi;
2) jinoiy javobgarlik uchun asos bo‘lishi;
3) jinoyatchilik darajasini aniqlashda qonunchilik namuna- si bo‘lishi;
4) jinoyatlarni farqlovchi vosita sifatida xizmat qilishi.
Jinoyat tarkibining to‘rt belgisi mavjud. Bular jinoyatning ob’ekti, ob’ektiv tomoni, sub’ekti va sub’ektiv tomoni. Ushbu elementlarning har biri muayyan alomatlar orqali ifodalanadi.
Ob’ektiv belgilar deganda, jinoyat tarkibining ob’ekti va ob’ektiv tomonlarini ta’riflovchi belgilar nazarda tutiladi, sub’ektiv alomatlar deganda esa, jinoyatning sub’ektiv tomoni va jinoyat sub’ektini ifodalovchi belgilar tushuniladi.
Jinoyatning ob’ekti jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz tufayli unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ij- timoiy munosabatlardir.
Jinoyat jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan har qan- day ijtimoiy munosabatlarga, masalan, shaxsning hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmati, davlat manfaatlariga, mulk huquqini amalga oshi- rishga, odil sudlovni amalga oshirishga, xo‘jalik yoki iqtisodiy faoliyat va boshqalarga ziyon yetkazadi.
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning ob’ekti deganda, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatniig umumiy ob’ekti hisoblanadi. Masalan, Jinoyat kodeksining 2-moddasida: «Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, in- soniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlashdan ibo- ratdir», - deyilgan.
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning ob’ekti umumiy, max- sus, bevosita ob’ektlarga ajratiladi.
Umumiy ob’ekt deyilganda, O‘zbekiston Respublikasi Ji- noyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabat- larning yig‘indisi tushuniladi.
Maxsus ob’ekt jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan, ij- timoiy-siyosiy va iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, bir-biriga o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan ob’ektlar guruhidir.
Bevosita ob’ekt deyilganida, ijtimoiy xavfli tajovuz bevosita qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Aynan jinoyatning bevosita ob’ektini to‘g‘ri aniqlash jinoyatni kvali- fikasiya qilishda katta ahamiyat kasb etib, jinoyatga yarasha jazo tayinlashda muhim o‘rin tutadi.
Jinoyat tarkibining ikkinchi elementi uning ob’ektiv tomo- nidir. Jinoyatning ob’ektiv tomoni sodir etilgan jinoyat- ning tashqi tomonini ifodalovchi elementdir.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi jinoyatlar ob’ektiv to- monining zaruriy belgisi hisoblanadi. Biroq, ko‘pchilik qil- mishlarni jinoyat deb hisoblash uchun u tufayli ro‘y byergan ma’- lum bir oqibatlarni aniqlamoq zarur.
Amalga oshirilgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning nati- jasida kelib chiqqan oqibatlar orasidagi sababiy bog‘lanish moddiy tarkibli jinoyatlarning uchinchi zaruriy belgisi hisob- lanadi. Jinoyatning ob’ektiv tomoni fakultativ belgilarisiz to‘la bo‘lmaydi. Demak, jinoyatning ob’ektiv tomoni ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik va uning amalga oshirilishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘- lanish, shuningdek, fakultativ belgilar: joyi, vaqti, usuli, sharoiti, jinoyatni amalga oshirish quroli va vositasi singari belgilardan iboratdir.
Demak, ta’kidlab o‘tish lozimki, moddiy tarkibli jinoyat- lar ob’ektiv tomonining zaruriy belgilari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik);
2) ijtimoiy xavfli oqibat;
3) ijtimoiy xavfli qilmish bilan kelib chiqqan oqibat o‘rta- sidagi sababiy bog‘lanish.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling