6-mavzu. Fuqarolik huquqi reja


Fuqaroviy-huquqiy munosabatlar


Download 32.67 Kb.
bet2/9
Sana12.02.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1191112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Fuqaroviy-huquqiy munosabatlar
ishtirokchilari
Ijtimoiy munosabatlarning fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan qismi fuqarolik-huquqiy munosabat deb ataladi. Masalan, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, biron-bir ishni bajarish, ijara, qarz to‘g‘risidagi shartnomalar fuqarolik-huquqiy munosabatlar jumlasiga kiradi.
Fuqarolik-huquqiy munosabat ijtimoiy munosabat sifati- da, eng avvalo, shaxslar o‘rtasidagi munosabatdir. Fuqaroviy- huquqiy munosabat ishtirokchilari, ya’ni shaxslar ikkiga bo‘li- nadi:
1) jismoniy shaxslar yoki fuqarolar;
2) yuridik shaxs.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 3-bobi «fuqarolar (jismoniy shaxslar)»ga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 16-moddasida «fuqaro (jismoniy shaxs)» tushunchasining quyidagi ta’rifi byerilgan:
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarola- ri, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Har bir jismoniy shaxs huquqiy munosabatga kirisha olishi uchun huquq va muomala layoqatiga ega bo‘lishi kyerak. Barcha fuqa- rolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi. Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi (FK, 17-moddasi).
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolar huquq layoqatining mazmuni FKning 18-moddasi bilan belgilangan. Unga asosan, fuqarolar:
- mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari;
- mol-mulkni myeros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldi- rishlari;
- bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari;
- tadbirkorlik, dehqon (fyermyer) xo‘jaligi bilan hamda qonun- da taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari;
- yollanma mehnatdan foydalanishlari;
- yuridik shaxslar tashkil etishlari;
- bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etish- lari;
- yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari;
- mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari;
- fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijala- rining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Muomala layoqati deganda fuqarolarning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshi- rish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatini tushunish lozim. Muomala layoqatini yuri- dik harakatlar qilish, ya’ni qonun bo‘yicha ma’lum huquqiy oqibat- lar qilish layoqati deb ham ta’riflash mumkin. Bu har bir shaxs- ning fuqarolik qonunchiligi bilan byerilgan o‘ziga xos huquqla- ridan biri sanaladi.
Muomala layoqati pgo‘li.k,, to‘liqsiz va cheklangan bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolar muomala layoqa- tining mazmuni FKning 22-moddasi bilan belgilangan. Unga aso- san, fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burch- larini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati, ya’ni muomala layoqati u voyaga etgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, to‘la hajmda vujudga keladi.
Voyaga etgunga qadar qonuniy asosda nikoxdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqati- ga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan takdirda ham to‘la saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga etmagan er- xotin sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Muomala layoqatining huquq layoqatidan farqi shuki, barcha fuqarolar ham muomala layoqatiga ega bo‘lavyermaydilar. Muoma- la layoqatiga ega bo‘lishning sharti shundan iboratki, muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar aqli rasolik bilan o‘z harakat- larining oqibatlarini tushunib harakat qiladilar. Ma’lumki, yangi tug‘ilgan bola to‘la huquq layoqatiga ega bo‘lsa ham, o‘z hara- katlari bilan bironta huquq va majburiyat olmaydi. Ongli hara- katlar qilish layoqati faqat ma’lum yoshga etgandan keyingina boshlanadi.
Binobarin, fuqarolik muomala layoqatining fuqaro to‘la hajmda voyaga etishi bilan vujudga kelishini ko‘rsatadi. Voyaga etish 18 yoshga to‘lish bilan boshlanadi. Bu yoshga etish bilan kishi fuqaro- lik-huquqiy munosabatlarda, jumladan, mulkiy munosabatlarda to‘la qatnashuvchigina bo‘lib qolmay, siyosiy huquqlar bilan birga, boshqa fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini ham oladi.
Voyaga etgan fuqarolar teng darajada muomalaga layoqatli hisoblanadilar. Fuqarolarning muomala layoqati faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina cheklanishi mumkin. Fuqaroning muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas (FK, 23-modda).
To‘la muomala layoqati yuqorida ko‘rsatilganidek, o‘n sakkiz yoshga etgan fuqarolarga byerilgani sababli bu yoshga to‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini belgilashda ular ikkiga bo‘li- nib, ya’ni o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga etmagan va o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga etmagan shaxslar muomala layoqati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.



Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling