6-mavzu. Fuqarolik huquqi reja


Download 32.67 Kb.
bet4/9
Sana12.02.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1191112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4. Majburiyat huquqi
Majburiyat fuqarolik huquqining eng qadimiy institutla- ridan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardayoq kishilar o‘rtasi- da o‘zaro tovar ayirboshlash vujudga kelgan paytdan boshlab an’anaviy ko‘rinishdagi majburiyat munosabatlari vujudga kel- gan. Lekin majburiyat munosabatlarining huquqiy asoslarda shakllanishi Rim fuqarolik huquqiga borib taqalishini hisobga olsak, majburiyatlar huquqiy ko‘rinish hosil qilishida dav- latning o‘rni beqiyosligini ko‘ramiz. Aynan qadimgi Rimda majbu-
- riyat tushunchasiga huquqiy ta’rif byerishga harakat qilingan va unga quyidagicha ta’rif byerilgan: majburiyat o‘zida huquqiy oqibatlarni ifodalaydiki, buning natijasida biz davlati- miz qonunlariga muvofiq, biror-bir narsani amalga oshi- rishga majburmiz.
- Majburiyatning mazmuni shunda ifodalanadiki, unga muvo- fiq, bizning qandaydir jismiy predmetni yoki qandaydir syervi- tutni amalga oshirishimiz, buning evaziga ushbu munosabatdan kelib chiqib, u ham bizga nimadir byerishi, qilishi yoki takdim etishi lozim.
- Hozirgi kunga kelib esa, fuqarolik qonunchiligida majbu- riyat tushunchasining ancha mukammal va har tomonlama ijtimoiy munosabatlarni hisobga olgan ta’rifi o‘z ifodasini topgan.
- Fuqarolik huquqida majburiyat deb, shunday fuqarolik huquqiy munosabatga aytiladiki, unga asosan shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshi- rishga, masalan, mol-mulk topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatni amalga oshirishdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-mod- dasiga muvofiq, majburiyat - fuqarolik-huquqiy munosabat bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, ya’ni mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa - qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarish- ni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
- Majburiyat fuqarolik huquqida katta ahamiyatga ega hisob- lanadi. Majburiyat huquqi yordamida mulk va boshqa ne’matlar- ning harakati amalga oshiriladi. Obrazli qilib gapirganda, maj- buriyatlar inson qon tomirlari tizimi bo‘lib, ular yordamida fuqarolik-huquqiy organizmda ashyolar almashinuvi sodir bo‘la- di. Majburiyatlarsiz fuqarolik huquqidagi muomala amalga oshirilishining imkoni mavjud bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchi- lik huquqshunos olimlar majburiyatlar eng keng tarqalgan fu- qarolik-huquqiy munosabat turi ekanligini ta’kidlashadi.
- Darhaqiqat, majburiyat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning ko‘pchiligida mavjud bo‘lib, fuqarolik huquqida amalga oshiri- ladigan harakatlarning deyarli barchasi majburiyatlar bilan bog‘- liq bo‘ladi. Masalan, tovarni topshirish (oldi-sotdi, mahsulot yetkazib byerish, kontraktasiya va shu kabi shartnomalarda), ish bajarish (pudrat, maishiy pudrat, qurilish pudrati va h.k.).
- Majburiyatning sub’ektlari va ob’ektlari uning muhim ele- menti hisoblanadi. Majburiyatning sub’ektlari deb muayyan huquqlarga ega bo‘lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslar tushuniladi. Ular kreditor, qarzdor va boshqalar ham bo‘li- shi mumkin.
- Kreditor - bu muayyan bir harakatning qilinishini yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab etishga haqli bo‘lgan taraf - kreditor deb ataladi. Qarzdor esa, ma’lum bir harakatni amalga oshirishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo‘lgan shaxs.
- Fuqarolik kodeksining 235-moddasiga binoan, majburiyatning taraflari - kreditor yoki qarzdor sifatida bir yoki bir payt- ning o‘zida bir necha shaxs ishtirok etishi mumkin.
- Majburiyatda qarzdor tomonida ishtirok etgan shaxslardan biriga kreditor bildirgan talablarning haqiqiy emasligi, shu- ningdek bunday shaxsga talab qo‘yishga doir da’vo muddati o‘tib ketganligi kreditorning qolgan shaxslarga bo‘lgan talablariga o‘zicha daxl etmaydi.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling