6-mavzu. Fuqarolik huquqi reja


Jinoyat va jinoyatchilik tushunchasi


Download 32.67 Kb.
bet6/9
Sana12.02.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1191112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jinoyat va jinoyatchilik tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida jinoyat tu- shunchasi aniq belgilangan bo‘lib, 14-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavf- li qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Jinoyat - shaxsning jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ma’- lum bir shakldagi xatti-harakati hisoblanadi. Jinoyat tushunchasi harakat yoki harakatsizlik shaklidagi shaxsning xulq-atvori (xatti-harakati, faoliyati)ni ifodalay- di. Shu bilan birga, jinoyat qonunida ruhiy jarayonlar, o‘ylar, fikriy xulosalar qanchalik zarar keltiruvchi bo‘lishiga qaramay jinoyat hisoblanmasligi belgilab qo‘yilgan.
«Jinoyat» tushunchasiga jinoyat-huquqiy ta’rif birinchi bor 1791 yilda qabul qilingan Fransiya Jinoyat kodeksida byerilgan bo‘lib, ushbu ta’rif formal tusga ega edi. Unda jinoyatga: «Ji- noyat - bu amaldagi jinoyat qonuni bilan jazolanadigan qil- mishdir», - deya ta’rif byerilgan edi.
Jinoyat tushunchasining asosiy belgilaridan biri ijtimoiy xavflilik sanaladi. Ijtimoiy xavflilik - bu jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan manfaatlar (ob’ekt- lar)ga zarar yetkazilishi yoki shunday zarar yetkazish xavfi hisob- lanadi.
Ijtimoiy xavflilik harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo‘ladi.
Harakat - bu faol xulq-atvor bo‘lib, nafaqat shaxs tana a’zolarining (jismoniy) harakatida ifodalanadi, u aytilgan so‘zlar, ruhiy tahdidlar (qo‘rqitishlar)da ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Harakatsizlik - passiv xulq-atvor bo‘lib, bajarilishi shart yoki mumkin bo‘lgan majburiyatni bajarishning real imko- ni bo‘la turib, bajarmaslikda ifodalanadi.
Harakat bilan sodir etilgan jinoyatlar bir yoki bir necha harakatlardan iborat bo‘lishi mumkin. Harakat bilan sodir etil- gan jinoyatlarda harakatning boshlanishi va tugallanishi boshqa jinoyat-huquqiy xodisalarni - jinoyatdan ixtiyoriy qaytish, za- ruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ishtirokchilik kabilarni belgi- lab byerishi ham mumkin.
Harakatsizlik esa harakatdan tashqi jihatdan ifodala- nish xususiyatiga ko‘ra farq qiladi. Harakatsizlik ma’lum bir harakatdan saqlanish yoki ob’ektiv jihatdan bajarilishi zarur va yuridik tomondan bajarilishi majburiy bo‘lgan bir necha hara- katlarni bajarmaslikda ifodalanadi. Masalan, hokimiyat hara- katsizligi (Jinoyat kodeksi 208-moddasi).
Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Jinoyat kodeksi ishlab chiqilgan va qabul qilingan vaqtda jinoyatchilikka qarshi kurash masalasi g‘oyat keskin bo‘lib turar edi. O‘z hayotini tugatgan eski jamiyat bilan bozor iqtisodiyoti tizimiga asoslangan yangi ja- miyat o‘rtasidagi ziddiyat, faqat o‘zining shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan kimsalarning jinoiy faoliyat yo‘liga o‘tib olgan- ligi, turli diniy ekstremistik oqimlarning ochikdan-ochiq ish ko‘rishga o‘tib olganligi, ayrim joylarda tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakatlar qilishi, turli xalqaro tyerrorchi tashkilot- lar O‘zbekistonda ham o‘z maqsadlarini amalga oshirishga hara- kat qilganligi va hokazolar jinoyatchilikka qarshi kurash masa- lasini eng dolzarb vazifalaridan biri qilib qo‘ygan edi. O‘zbe- kiston o‘z mustaqilligining ilk kunlaridanoq hududiy yaxlit- lik, chegaralar daxlsizligini ta’minlash, aholining tinchligi, osoyishtaligini, mamlakatda barqarorlikni saqlash eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolgan edi.
Jinoyat huquqi jinoyatchilikning oldini olishni asosan ikki yo‘nalishda amalga oshiradi.
Birinchi yo‘nalish - jinoyat qonunida alohida jinoiy qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortilib, jazolashning belgilanganligi, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun qonunda og‘ir jazo choralarining belgilanganligi jinoyatchilikning oldini olish vazifasini bajarish bilan birga tarbiyalash (jazolash bilan qo‘rqitib) funksiyasini ham bajaradi.
Ikkinchi yo‘nalish - jinoyat sodir etishda ayblanib, ja- vobgarlikka tortilgan shaxsga nisbatan jazo qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, jinoyat sodir qilgan shaxslarga nis- batan qonunda belgilangan jazoni tayinlab, ularning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilinadi.
Agar kriminologiya fanining predmeti jinoyatchilikni ij- timoiy hodisa sifatida uning sharoit va sabablarini, jinoyat- chilik dinamikasi, jinoyatchilikning oldini olish, ularni eng kam mikdorigacha kamaytirish yo‘llari va usullarini, jinoyat- ning shaxsini va jinoyatchilikning oldini olish choralarini o‘rga- nish bo‘lsa, jinoyat huquqi fanining predmeti jinoyat qonunchi- ligidir. Kriminologiya jinoyatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni tadqiq qilishda jinoyat qonuniga tayanadi va o‘rganish uslubi sosiologik usul hisoblanadi.
Jinoyatchilik g‘oyat murakkab ijtimoiy-huquqiy hodisa bo‘lib, uning kengroq ta’rifini quyidagicha ifodalash mumkin.
Jinoyatchilik kishilik jamiyatida mavjud bo‘ladigan o‘zining qonuniyatlariga, sifat va mikdor tavsifiga ega bo‘lgan, jamiyat va kishilar uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqaradigan va uning ustidan davlat va jamiyatning maxsus nazorat choralari o‘rna- tishni talab qiladigan salbiy, ijtimoiy-huquqiy hodisadir.
Jinoyatchilik kishilik jamiyatida mavjud bo‘ladigan o‘zgaruv- chan hodisadir. Jinoyatchilikning holati, darajasi, strukturasi inson taraqqiyoti davomida sifat va mikdor jihatdan o‘zgarib boruvchi hodisaligi shundaki, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy o‘zgarishlarga qarab o‘zgarib boradi. Sifat ji- hatidan sodir etish usuli, uyushgan guruh bo‘lib sodir etilishi, zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalanib sodir etili- shi va hokazolarda ifodalanadi.
Jinoyatchilikning ijtimoiy hodisa ekanligi shundaki, ji- noyatlarning sub’ektlari jamiyat a’zolarining o‘z ichidagi shaxs- lar bo‘lib, ular o‘zlari bilan birga yashab turgan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga va jamiyat a’zolariga tajovuz qila- dilar. Jinoyatchilik hodisasining sharoit va sabablari ham ij- timoiy sabablar tufayli yuz byeradi.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling