6-mavzu. Fuqarolik huquqi reja


Download 32.67 Kb.
bet5/9
Sana12.02.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1191112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nazorat savollari:
1. Fukarolik huquqi kanday munosabatlarni tartibga soladi?
2. Fukarolik huquqining manbalarini aytib byering.
3. Jismoniy shaxslarning belgilari nimalardan iborat?
4. Muomala layokati va huquq layokatining uzaro farkli jixatlari nimalarda namoyon buladi?
5. Yuridik shaxs deganda nimani tushunasiz?
6. Majburiyat deganda nimani tushunasiz?
7. Fukaroviy huquqiy javobgarlikning kelib chikish asoslari nimadan iborat?


Adabiyotlar ruyxati :
1. Uzbektston Respublikasining fukarolik kodeksi T.
2. Raxmonkulov X.R. Uzbektston Respublikasining fukarolik kodeksining 1-kismiga umumiy tavsif va sharxlar. T. 1997-322 b
3. Zokirov I.B. Fukarolik huquqi T.TDYuI, 2009-614 b

7-mavzu. JINOYAT HUQUQI
REJA:
1. Jinoyat huquqi tushunchasi, vazifasi va tamoyillari.
2. Jinoyat va jinoyatchilik tushunchasi.
3. Jinoyatning tarkibiy elementlari.
4. Jinoiy javobgarlik va jinoiy jazo.
5. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, uning turlari.
Jinoyat huquqi tushunchasi, vazifasi
va tamoyillari
Yuridik fanlar tizimida jinoyat huquqi mustaqil huquqiy fan sifatida muhim o‘rin egallagan. Jinoyat huquqi boshqa huquq tarmoqlaridan, xususan, maxsus huquq tarmoqlaridan o‘ziga xos vazifalari, predmeti va tartibga solish metod (uslub)lari bi- lan farq qiladi.
Jinoyat huquqi qilmishning jinoiyligi va bunday jinoiy qilmishlar uchun tayinlanadigan jazo choralarini belgilovchi hamda jinoyat sodir etilishi bilan yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar tizimidir.
Mustaqil huquq tarmog‘i hisoblangan jinoyat huquqidan farqli ravishda jinoyat huquqi fani davlatning jinoyatchilik- ka qarshi kurash sohasidagi siyosati hamda jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyot bosqichlari bo‘yicha qarashlar, g‘oyalar va fikr- lar tizimini, shuningdek jinoyat huquqining o‘rganish predmeti, metodlari, vazifalari, tizimi va shu kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu fan jinoyat huquqi normalarining majmui sifatida uning tarixini, qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda bu borada turli xil ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi. Jinoyat huquqining predmeti deganda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga xavf soluvchi jinoiy qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalaridan mustaqil ekan- ligi uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan tavsiflanadi:
birinchidan, faqat jinoyat huquqigina qilmishning jinoiy- ligi va jazoga sazovorligini, jinoiy javobgarlik asosini, jazo qo‘llash hamda jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilishni belgilovchi huquqiy normalar uchun yagona qonuniy manba sifati-da namoyon bo‘ladi;
ikkinchidan, jinoyat huquqi o‘zining tartibga solish pred- metiga ega bo‘lib, ushbu huquq sohasining predmeti hisoblanuv- chi ijtimoiy munosabatlar jinoiy qilmish sodir etilishi bi- lan vujudga keladi;
uchinchidan, jinoyat huquqi maxsus tartibga solish uslubi- ga ega bo‘lib, bunday uslublar va ularning harakatiga ta’sir etuvchi yuridik faktlar boshqa huquq sohalari uchun xos emas.Jinoyat huquqining vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida aniq belgilangan bo‘lib, kodeksning 2-modda- siga ko‘ra, jinoyat huquqining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligining jinoiy tajovuzlaridan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun kodeks javobgar- lik asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qil- mish jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmish- lar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi.Bizga huquq nazariyasidan ma’lumki, har bir huquq sohasi o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni ma’lum bir o‘ziga xos funksiyalar orqali amalga oshiradi.
Yuqorida jinoyat qonunida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ji- noyat huquqining quyidagi:
1. Tartibga solish (regulyativ);
2. Muhofaza qilish (negativ);
3. Oldini olish (profilaktik);
4. Tarbiyaviy funksiyalari orqali bajariladi.
Jinoyat huquqi o‘zining tartibga solish funksiyasi orqali jinoyat qonunida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish maq- sadida jinoyat huquqiy normalar orqali shaxsning xatti-hara- katlariga ta’sir etadi. Bu funksiya orqali ma’lum bir xatti- harakatlar taqiqlab qo‘yiladi.
Tartibga solish funksiyasi orqali jinoyat huquqi jinoyat sodir etilganidan keyin vujudga keladigan ijtimoiy munosa- batlarni tartibga soladi.
Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi, Jinoyat ko- deksining 2-moddasiga muvofiq, shaxsni, uning huquq va erkin- liklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy mu- hitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlar- dan ko‘riqlash vazifasini bajarishga qaratilgan.

Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling